27.09.2025 17:31
125
"Oliy irq degan narsa yoʻq!" Kolumbiya prezidentining vizasini nega bekor qilindi?
Kolumbiya prezidenti Gustavo Petroning vizasi bekor qilindi. Qayd qilinishicha, Petro Nьyu-York shahrida "falastinparastlar namoyishida" nutq soʻzlab, AQSh harbiylarini prezident Donald Tramp buyruqlariga boʻysunmaslikka chaqirgan.
"... Kolumbiya prezidenti Nyu-York koʻchasida chiqish qilib, amerikalik askarlarni buyruqlarga boʻysunmaslikka chaqirdi va zoʻravonlikka undadi. Biz Petro vizasini uning masъuliyatsiz va gijgijlovchi harakatlari tufayli bekor qilamiz", deyiladi Davlat departamenti bayonotida.
Oldinroq, Gustavo Petro BMT minbarida AQSh oʻzining yangi "Gitler"ini qoʻllab-quvvatlayotganini bildirib: "Oliy irq degan narsa yoʻq! Na Amerika, na isroil Xudoning tanlangan xalqi emas!" degan edi.