01.08.2025 10:14
39

Britaniyada saqlangan tarixiy durdonalar Oʻzbekistonga qaytarilmoqda



Yillar davomida Britaniyadagi xususiy kollektsiyalar va muzeylarda saqlangan Islom tsivilizatsiyasining oltin davrlariga oid noyob asarlar va tarixiy artefaktlar Oʻzbekistonga qaytarilmoqda.

Ular orasida IX–XIII asrlarga oid Qurъon qoʻlyozmalari, noyob zargarlik buyumlari, tarixiy matolar va badiiy asarlar mavjud.

Islom tsivilizatsiyasi markaziga koʻra, bu eksponatlar Britaniyadagi “Sotheby’s” va “Christie’s” kabi auktsionlar orqali xarid qilingan.

Shu bilan birga, Britaniya muzeylarida hanuz Oʻzbekiston tarixiga oid 800 dan ortiq madaniy meros namunalari saqlanmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga aloqador