31.07.2025 14:25
38
Xitoyliklar Chorvoqda shamol elektr stantsiyasi qurishni boshladi
Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida Chorvoq shamol elektr stantsiyasini qurish loyihasiga rasman tamal toshi qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi Iqtisodiyot va tijorat boʻlimi maslahatchisi Sun Yan, masъul xitoy kompaniyalari vakillari, Energetika vaziri oʻrinbosari Umid Mamadaminov, Boʻstonliq tumani hokimi Joʻrabek Axmedov hamda masъul rahbar-xodimlar, mahalliy faollar ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, Xitoyning Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni savdo departamenti tomonidan loyihani qurilish ishlarini olib borish uchun oʻtkazilgan tenderda «TBEA Co., Ltd» kompaniyasi gʻolib boʻlib, bosh pudratchi etib tanlangan.
Ushbu loyiha doirasida 20 MVt quvvatga teng shamol elektr stansiyasini barpo etiladi. Bunda yiliga oʻrtacha 50 mln kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bugungi kunda bosh pudratchi tomonidan Toshkent viloyati hokimining tegishli qarori asosida ajratilgan 10 gektarga teng er maydonida (Burchmulla hududida) qurilish ishlari olib borilmoqda.