01.08.2025 16:09
33

Suriya TIV rahbari Moskvada: u Putin bilan uchrashdi



Suriya tashqi ishlar vaziri Asad ash-Shayboniy Rossiyaga borib, prezident Vladimir Putin va TIV rahbari Sergey Lavrov bilan uchrashdi.

Shayboniy bilan uchrashgan Lavrov Suriya hukumatiga mamlakatdagi Rossiya harbiy obъektlarining xavfsizligini taъminlagani uchun minnatdorlik bildirgan.

Suriyaning SANA davlat agentligiga koʻra, prezident Vladimir Putin ham Shayboniy va u boshchiligidagi delegatsiyani Kremlda qabul qilgan, biroq uchrashuv tafsilotlari oshkor etilmagan.

Qoʻshma matbuot anjumanida Shayboniy "Moskvaga bu safarimiz – oʻtmish saboqlari asosida kelajakni shakllantirish uchun zarur boʻlgan muloqotni boshlashdir", degan.

Mavzuga aloqador