01.08.2025 07:18
40

Rossiya migrantlar uchun yangi davlat bojlarini joriy qildi



Prezident Vladimir Putin 2025 yil sentyabr oyidan boshlab Rossiyada migrantlar uchun yangi davlat bojlari joriy etilishi, ilgari amalda boʻlgan bojlar qiymati esa oshirilishi toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi.

Jumladan, 1 sentyabrdan boshlab, chet el fuqarolarini yashash joyi boʻyicha hisobga qoʻyish uchun 500 rubl, shuningdek, vaqtincha boʻlish muddatini uzaytirish uchun 1 ming rubl miqdorida yigʻim joriy etiladi.

Bundan tashqari, patent berish yoki qayta rasmiylashtirish uchun 4,2 ming rubl miqdorida boj amal qila boshlaydi.

Ishlash uchun ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun migrantlar 4,2 ming rubl, uning dublikatini berish yoki ruxsatnomaga tuzatishlar kiritish uchun esa 2,1 ming rubl toʻlashi kerak boʻladi.

Mavzuga aloqador