01.08.2025 13:20
51

BAA Sudan aholisini ochlikka mahkum qilmoqda



Ijtimoiy tarmoqlarda sudanlik bir guruh ayollarning ochlikdan oʻlmaslik uchun egulik topish ilinjida ibodat qilayotgani aks etgan video tarqaldi.

Ayni paytda Sudanning al-Fashir hududida oziq-ovqat inqirozi yuzaga kelgan – odamlar ochlikdan halok boʻlmoqda. Ikki yildan buyon tezkor harakat kuchlari (RSF) generali Muhammad Hamdan Dagalo va muntazam armiya qoʻmondoni Abdul Fattoh al-Burxon oʻrtasida qonli urush davom etmoqda. Minglab musulmonlar oʻldirilyapti.

Maъlumotlarga koʻra, urush oloviga moy sepayotgan davlat sifatida BAA RSFni qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar bilan taъminlamoqda: rasmiy maъlumotlarga koʻra, 2022 yilda buning evaziga 2,3 milliard dollarlik Sudan oltinini olgan. Ammo haqiqiy koʻrsatkichlar ancha yuqori – taxminan 90% Sudan oltini (qariyb 13,4 milliard dollar) qoʻshni davlatlar orqali kontrabanda yoʻli bilan BAAga olib chiqib ketilmoqda.

Bu qoʻllab-quvvatlash mojaroni uzaytib, 26 million sudanlikni ochlik yoqasiga olib keldi.

Mavzuga aloqador