-
Qirgʻiziston Qozogʻiston ortidan Tolibonni terrorchi tashkilotlar roʻyxatidan chiqardi. Mintaqadagi koʻplab davlatlar Kobul bilan keng koʻlamli hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻydi, qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga kirishdi. Bu davlatlarning Tolibon bilan munosabatlarni yaxshilashga intilishining sababi nimada?
-
Oʻzbekiston va RF energetika vazirliklari Rossiyaning «Tizim operatori»ni Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga qoʻshishga kelishib oldi. Rossiya energetika vaziri Sergey Tsivilyovning soʻzlariga koʻra, mazkur tashabbus nafaqat elektr energiyasi eksporti, balki davlatlar oʻrtasidagi oqimlarni boshqarish bilan ham bogʻliq.
-
Afgʻonistonlik 160 nafar ayol Oʻzbekistondagi tibbiyot oliygohlarida oʻqitiladi. Oliy taʻʻlim vazirligi va Qatarning Education above all fondi oʻrtasida bu borada memorandum imzolandi. Loyiha asosan Qatar tomonidan moliyalashtiriladi.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 340 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Abdulla Aripov va Mixail Mishustin Toshkentda boʻlib oʻtgan hukumat rahbarlari darajasidagi qoʻshma komissiya yigʻilishida soʻzga chiqdi. Jumladan, Mixail Mishustin Oʻzbekistonni "Rossiyaning ishonchli hamkori" deb atadi. Abdulla Aripov Oʻzbekiston RFning etakchi kompaniyalari bilan kooperatsiyani yanada kengaytirish niyatida ekanini bildirdi – bayonotlar.
-
Turkiyaning Trabzon shahrida Oʻzbekiston fahriy konsulxonasi ochildi. Bursa, Adana, Antaliyadan keyin toʻrtinchisi boʻlgan mazkur fahriy konsulxona Trabzon viloyat hokimligi (valilik) binosi qarshisidagi tarixiy binoda joylashgan.
-
Amerikaning Foreign Affairs nashri mualliflari Grem Ellison va Amos Yadlinning fikricha, Netanyaxuning murosasiz yondashuvi Isroilni gʻalaba qozonib boʻlmaydigan urushga olib kirishi mumkin. Maqolada aytilishicha, bugun Isroilning avvalgi 13 bosh vaziridan birortasi hokimiyat tepasida boʻlganida, Isroilning oʻzi ishlab chiqqan va may oyi oxirida AQSh taklif qilgan kelishuvni qabul qilishi aniq edi.
-
Latviyada Belarus hududi orqali kirgan Rossiya uchuvchisiz uchogʻi halokatga uchradi. Latviya Mudofaa vazirligi mamlakat havo hududi buzilishi tasodifiy boʻlganini maʻʻlum qildi. Shundan boʻlishiga qaramasdan, bu haqda NATOga aʻʻzo davlatlar xabardor qilingan va rus elchisi TIVga chaqirilgan.
-
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Oʻzbekistonga keldi. Toshkentda Oʻzbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi qoʻshma komissiyaning beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi. Mishustin Toshkent Texnoparkida boʻlib, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari bilan tanishdi.
-
– Sen ishongan yaratguvchi hikmat egasimi? Yoki ishlarini faqat koʻngil ochish uchun qilganmi? Har holda, bu dunyoni shunchalar chiroyli yaratgan va har borliqqa oʻnlab fazilatlar bergan Zot donodir. Zero, bunday hikmatli yaratish faqat Hakim zotga, yaʻʻni hikmat sohibiga xos. Bir nazar sol, dunyoda hamma narsaning vazifasi bor. Hech nima isrof qilinmaydi. Bekor va behuda narsa yoʻq. Bu ham yaratguvchimizning dono zotligini isbotlaydi. Zotan, buni inkor etsang, butun borliq senga qarshi turadi va oʻzlaridagi hikmatni koʻrsatib, seni yolgʻonchiga chiqaradi. Endi esa biroz sen haqingda gaplashaylik: