Rossiya Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga qoʻshilmoqchi
Joʻrabek Mirzamahmudov va Sergey Tsivilyov.
Oʻzbekiston va RF energetika vazirliklari Rossiyaning «Tizim operatori»ni Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga qoʻshishga kelishib oldi. Rossiya energetika vaziri Sergey Tsivilyovning soʻzlariga koʻra, mazkur tashabbus nafaqat elektr energiyasi eksporti, balki davlatlar oʻrtasidagi oqimlarni boshqarish bilan ham bogʻliq.
Oʻzbekiston va Rossiya energetika vazirliklari Rossiyaning
«Tizim operatori»ni Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga (MO YaET) qoʻshishga
kelishib oldi. Bu haqda Rossiya energetika vaziri Sergey Tsivilyov jurnalistlarga maʻʻlum
qildi, deb yozdi TASS.
“Bugun
ikki vazirlikning tezkor qaror qabul qilish soʻralgan qoʻshma
bayonoti eʻʻlon qilindi. Markaziy
Osiyoning alohida, biz hali kirmagan energotizimi mavjud. BiroqMarkaziy Osiyo
yagona energetika tizimini birgalikda boshqarishimiz uchun ["Tizim operatori"]
kirishi kerak, biz u bilan bogʻlanganmiz. Oʻzbekiston tomoni buni toʻliq
qoʻllab-quvvatlamoqda. Yaqin vaqtlarda buni amalga oshiramiz”, - dedi vazir.
Uning
taʻʻkidlashicha, mazkur
tashabbus nafaqat elektr energiyasining tijoriy eksporti, balki mamlakatlar oʻrtasidagi oqimlarni boshqarish bilan ham
bogʻliq boʻlib, bu energiya tizimlarini taqchillik, tabiiy omillar va yuqori yuklanishlarda tezda muvozanatlash
imkonini beradi.
«Agar toʻsatdan kimdir bilan nimadir yuz bersa, muvozanatni
saqlash uchun mamlakatlar ehtiyojlarini oqimlar bilan tezda qoʻllab-quvvatlay
olamiz. <...> Bu tizim xavfsizligini toʻgʻri taʻʻminlashimiz uchun muhim», —
deya TASS Oʻzbekiston
energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudovdan iqtibos keltirdi.
Oʻzbekiston
Energetika vazirligi mazkur kelishuv haqida maʻʻlum qilgani yoʻq. Vazirlik
xabarida vazirlar ikki davlat oʻrtasidagi har tomonlama manfaatli hamkorlikni
kuchaytirish, yoqilgʻi-energetika kompleksiga investitsiyalarni jalb qilish hamda yangi
loyihalarni hayotga tatbiq etish singari masalalarni muhokama qilgani aytilgan.