Niger davlatida loy va yogʻochdan qurilgan noyob 200 yillik masjid binosi kuchli yogʻingarchiliklar sababli qisman vayron boʻldi. Yomgʻirlar mavsumida mamlakat boʻylab 217kishi tabiiy ofat qurboni boʻldi.
Iordaniya fuqarosi Mahir Hijaziy Iordaniya-Isroil chegarasida qurolli hujum uyushtirib, 3 isroillikni oʻldirdi, oʻzi ham shahid etildi. Iordaniya hukumati hujumni qoraladi, Isroil esa chegara punktini har ikki tomondan yopib qoʻydi.
Frantsiyadagi sekulyarizm siyosatining mamlakatdagi musulmon jamiyatiga hamda uning radikallashuviga taʻʻsiri alohida tadqiq etilishi kerak boʻlgan mavzu hisoblanadi. Bu masala Frantsiya singari Oʻzbekistonda ham sodir boʻlayotgan jarayonlarning qaerga qarab ketayotganini tushunish uchun juda muhimdir.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 336 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Pavel Durov Frantsiyada qoʻlga olinganidan soʻng ilk bor bayonot bilan chiqdi. U Telegram koʻplab mamlakatlar bilan hamkorlikka tayyorligi biroq oʻz printsiplaridan voz kechmasligini maʻʻlum qildi.
Bangladesh muvaqqat hukumatining tashqi ishlar boʻyicha maslahatchisi Touhid Husayn Mʻyanmaning Rakxayn shtatidagi mojarolardan qochgan 8 mingga yaqin rohinja musulmonlari Bangladeshga etib kelganini maʻʻlum qildi. “Mamlakat koʻproq qochqinlarga gumanitar boshpana berish imkoniyatiga ega emas va endi rohinja musulmonlarini qabul qila olmaydi”, - dedi u.
Qirgʻizistonning Moskvadagi elchixonasi Rossiyaga kelish uchun uzrli sabablari boʻlmagan fuqarolarni ushbu mamlakatga safar qilishdan vaqtincha tiyilib turishga chaqirdi. Bunga “RF hududida joriy qilingan qoʻshimcha xavfsizlik choralari va chet elliklarning mamlakat chegarasini kesib oʻtishida nazorat kuchaytirilganini” sabab qilib keltirdi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 335 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.