Foreign Affairs: Isroil gʻalaba qozonib boʻlmaydigan urushga tortilishi mumkin
Amerikaning Foreign Affairs nashri mualliflari Grem Ellison va Amos Yadlinning fikricha, Netanyaxuning murosasiz yondashuvi Isroilni gʻalaba qozonib boʻlmaydigan urushga olib kirishi mumkin.
Maqolada aytilishicha, bugun Isroilning avvalgi 13 bosh vaziridan
birortasi hokimiyat tepasida boʻlganida,
Isroilning oʻzi ishlab chiqqan va may oyi oxirida AQSh taklif qilgan kelishuvni
qabul qilishi aniq edi.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Yaqin Sharqqa taqdim etgan Amerikaning “yakuniy
rejasi” Netanyaxuning koʻplab talablarini oʻz ichiga oladi.
Kelishuv olti haftalik otashkesimni, isroillik garovga
olinganlarning koʻp qismini Isroil qamoqxonalaridagi yana ham koʻproq
falastinliklarga almashtirishni va Isroilning Gʻazo sektoridagi aholi punktlaridan
chiqib ketishini nazarda tutardi.
Soʻngra reja doimiy oʻt ochishni toʻxtatish, Isroil qoʻshinlarini
toʻliq olib chiqish va Gʻazoni qayta tiklash boʻyicha muzokaralar olib borishni koʻzda
tutadi.
Netanyaxu Blinkenga kelishuvning hech boʻlmaganda birinchi
bosqichini qabul qilishini aytgan,
biroq keyin fikrini oʻzgartirgan
va muzokarachilarga buni qabul qilmasligini bildirgan. Unga nima toʻsqinlik qilmoqda?
Shu nuqtada, agar Netanyaxu kelishuvni rad etishda davom etsa,
oʻt ochishni toʻxtatish va isroillik garovga olinganlarni qaytarish uchun yagona toʻsiq
Netanyaxuning shaxsiy oqibatlaridan qoʻrqishidir.
Netanyaxu Gʻazodagi urushning tugashi Isroil Knessetida uni
qoʻllab-quvvatlovchi koalitsiyaning emirilishi hamda yangi saylovlar uning magʻlubiyatiga sabab boʻlishidan xavotirda, deydi maqola
mualliflari.
U, shuningdek, urushdan keyin hisob-kitob boʻlishini yaxshi biladi: mustaqil
shaxslardan iborat komissiya Isroil milliy xavfsizligiga tarixdagi eng yirik
muvaffaqiyatsizlik hisoblangan
7 oktyabrʻ hodisalari - HAMAS
hujumlarining oldini ololmaganlik uchun javobgarlikni uning ham zimmasiga yuklaydi.
Biroq Netanyaxu
isroilliklar va amerikaliklarga garovga olinganlarni uylariga qaytarish imkonini beradigan
gʻalabani eʻʻlon qilish oʻrniga, HAMAS
tuzgan tuzoqqa tushib qoldi.
Agar u hozir gʻalabani eʻʻlon qilmasa, strategik magʻlubiyat yoʻlida davom etadi, deyiladi
maqolada.
Netanyaxuning "toʻliq gʻalaba"ga intilishi Gʻazodagi
urushni endilikda Isroilga
HAMASdan koʻra koʻproq xavf tugʻdiradigan boshqa jabhalardagi dushmanlarga
eʻʻtibor bermaslik evaziga davom ettirishni anglatadi.
Gʻazodagi joriy harakatlarni davom ettirish HAMASning yoʻq qilinishiga olib kelmaydi,
balki Isroilni uzoq va qimmatga tushadigan aksilpartizan urushi va eskalatsiyaning boshqa maydonlarda koʻchishiga olib keladi.
Garovga olinganlar oʻlishda, Isroil iqtisodiyoti yomonlashishda, dunyodagi mavqei yangi
eng past darajaga tushishda davom etadi va xalqaro sudlardagi sud kurashlari
keskinlashadi.
Aslini olganda, "toʻliq gʻalaba" strategiyasi, deb
yozadi mualliflar, Eronning maqsadiga xizmat qiladi: Isroilni bir vaqtning oʻzida
bir nechta arenalarda magʻlubiyatga
sabab boʻladigan urushga tortish.
Vashington Gʻazo sektorida erishib boʻlmaydigan "toʻliq
gʻalaba"ga intilish Amerikaning aralashuvini talab qilishi mumkin boʻlgan
kengroq mintaqaviy urushga olib kelishini, bu esa 5 noyabrda boʻlib oʻtadigan AQSh
prezidentlik saylovlari oldidan oxirgi haftalarda unga kerak boʻladigan soʻnggi natija ekanini biladi.
Isroil daryodan dengizgacha quruqlikdagi etti million
falastinlik, shuningdek, mintaqada yashovchi yuzlab million boshqa arablar va
musulmonlar bilan tinchlik kelishuviga
erishishidan qatʻʻi nazar, bu tinchlik doimo qurolli toʻqnashuvlarga sabab boʻlib qolaveradi.
Ammo Isroil oʻz qoʻshnilari, ayniqsa yadroviy qurolga ega Eron bilan cheksiz, engilmas
urushlarga tortilsa, omon
qolish ehtimoli xavf ostida boʻladi.
Omon
qolish uchun Isroil nafaqat kuchli toʻxtatuvchi kuchga, balki qoʻshnilari unga qarshi
kurashishdan koʻra u bilan birga yashashni afzal koʻradigan muhitga muhtoj.