10.09.2024 13:44
Bombalanayotgan Gʻazo: 340-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 340 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Xon Yunis va Nusayrat qarorgohiga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 40 988 kishi shahid boʻldi.
▪️Natsistlar Xon-Yunisning Al-Mavasi hududida qirgʻinlar sodir etdi. Odamlar joylashgan chodirlarga 1 tonnalik AQSh bombalari tashlandi. 40 kishi halok boʻldi, 60 kishi yaralandi.
▪️Gʻazo fuqarolik mudofaasi: Al-Muvasi qirgʻini vaqtida bedarak yoʻqolgan butun boshli oilalar bor, odamlar qumga koʻmilgan. Ular orasida ayollar va bolalar ham koʻpchilikni tashkil etadi. Qazish ishlari qoʻlda amalga oshirilmoqda.
▪️Gʻazo hukumati: qirgʻin natijasida 9 metr chuqurlikdagi uchta katta krater hosil boʻldi. Portlash markazida 20 ga yaqin chodir bor edi.
▪️BMT: Isroil armiyasi muvofiqlashtirishga qaramay, Gʻazo shimoliga ketayotgan karvonni qurol bilan qoʻlga oldi.
▪️BMT bosh kotibi: Gʻazodagi oʻlim va vayronagarchilik men butun faoliyatim davomida koʻrgan eng yomonidir.
▪️Axios: Isroil AQShdan Gaaga tribunalidan daʻʻvoni qaytarib olishi uchun Janubiy Afrikaga bosim oʻtkazishini soʻradi.
▪️Misr bilan chegarada sodir boʻlgan otishma va mashina urib ketishi natijasida ishgʻolchilar yaralangan.
▪️Yaman: Saada gubernatorlik havo hududida josuslik faoliyatini amalga oshirayotgan AQShning 32 mln dollarlik MQ-9 droni urib tushirildi. Bu bilan Yamanda AQShning 9-uchuvchisiz uchogʻi yoʻq qilindi.
▪️Isroil 14-kanali: Isroil Falastin maʻʻmuriyati bilan Gʻarbiy Sohil shimoliga 500 nafar falastinlik xizmatchidan iborat qurolli kuchlarni joylashtirishga rozi boʻldi.