Latviyada birinchi rus uchuvchisiz uchogʻi halokatga uchradi
Latviyada Belarus hududi orqali kirgan Rossiya uchuvchisiz uchogʻi halokatga uchradi. Latviya Mudofaa vazirligi mamlakat havo hududi buzilishi tasodifiy boʻlganini maʻʻlum qildi. Shundan boʻlishiga qaramasdan, bu haqda NATOga aʻʻzo davlatlar xabardor qilingan va rus elchisi TIVga chaqirilgan.
Rossiyaning
uchuvchisiz uchogʻi Belarus orqali Latviya havo hududiga kirib, Rezekne viloyatida
halokatga uchradi. Bu haqda Latviya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, Latviya havo hududining buzilishi tasodifiy
boʻlgan.
Hodisa yuzasidan turli davlat idoralari, jumladan politsiya
tergov olib bormoqda. Latviya qurolli kuchlari NATOga aʻʻzo davlatlarni voqea
haqida xabardor qildi.
Uchuvchichiz
uchoqning mamlakat hududiga kirib kelishi Latviya qurolli kuchlari tomonidan qayd
etilgan, uning harakati kuzatilgan va halokat joyi aniqlangan.
Latviya mudofaa kuchlari qoʻmondoni Leonid Kalninsning LETAga
maʻʻlum qilishicha, dron
shanba kuni ertalab erta tongda Latviya havo hududiga kirgan va tez orada
harbiylar tomonidan aniqlangan.
"Biz xavf darajasini aniqlash va har qanday aktivlar yoki
tinch aholi xavf ostida ekanligini tushunish uchun vaziyatni baholadik va
kuzatdik", - dedi
Kalnins.
Latviya mudofaa vaziri Andris Sprudsning aytishicha, hodisa
“Latviyaning sharqiy chegarasini yanada mustahkamlash, shuningdek, havo mudofaasi va
elektron urush tizimlarini yaxshilash zarurligini tasdiqlaydi”.
Latviya tashqi ishlar vaziri Bayba Brazening aytishicha, TIV dushanba kuni Rossiya
elchixonasi vakilini chaqirgan.