Markaziy Osiyoda Tolibon: "Terrorchi"dan "savdo hamkori"ga
Qirgʻiziston Qozogʻiston ortidan Tolibonni terrorchi tashkilotlar roʻyxatidan chiqardi. Mintaqadagi koʻplab davlatlar Kobul bilan keng koʻlamli hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻydi, qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga kirishdi. Bu davlatlarning Tolibon bilan munosabatlarni yaxshilashga intilishining sababi nimada?
Afgʻoniston bilan hamkorlik qilishga intilayotgan Markaziy Osiyo
davlatlari soni ortib bormoqda
2021 yil
avgust oyining eng muhim yangiliklaridan biri – Amerika qoʻshinlarining Afgʻonistondan olib
chiqib ketilishi va hukumatning Tolibon qoʻliga oʻtishi boʻldi. Oʻsha vaqtda mazkur harakat
dunyoning qariyb barcha mamlakatlarida terrorchi sifatida tan olingan edi. Markaziy
Osiyo davlatlari xavfli vaziyatga tushib qoldi. Buni 1996 yilda Tolibon Kobulni
egallab, Afgʻoniston Islom Amirligiga asos solganida sodir boʻlgan voqea bilan
solishtirish mumkin.
Oradan 3
yil oʻtib, ikki davlat – Qozogʻiston va Qirgʻiziston harakatni terrorchi guruhlar
roʻyxatidan chiqarib tashladi. Oʻzbekiston Kobulga tez-tez delegatsiyalar yubormoqda,
Turkmaniston ham hamkorlikni kuchaytirmoqda. Tolibon vakillari ham mintaqa
mamlakatlariga bemalol tashrif buyurmoqda, Sankt-Peterburgdagi Xalqaro iqtisodiy
forumda qatnashdi, Rossiya rahbari Vladimir Putin esa ularni hatto terrorizmga
qarshi kurashda "ittifoqchilar" deb atadi.
Afgʻonistonda
haligacha inson huquqlari bilan bogʻliq muammolar koʻp. Mamlakatda ommaviy qatl
qilish amaliyoti davom etmoqda, ayollarning jamoat joylarida gapirishlari taqiqlandi.
Biroq xalqaro maydonda Tolibon oʻzini muzokara olib borishi mumkin boʻlgan
diplomatik hukumat sifatida koʻrsatishga harakat qilmoqda.
"Ular
hech kimga hujum qilmoqchi emasliklarini eʻʻlon qilishdi – bu juda muhim bayonot. Hatto
Amerika rasmiylarining Kobuldan olib ketilgan harbiy texnikalarni Oʻzbekistonga
topshirish qaroriga javoban, Tolibon uni kuch bilan qaytarib olish bilan tahdid
qilmadi, faqat norozilik bildirdi. Bu mintaqa davlatlari uchun ham taranglikni
biroz yumshatdi”, - deydi Oy-Ordo Markaziy iqtisodiy tadqiqot institutining
xalqaro aloqalar boʻyicha eksperti Bayqadam Kuramaev TRT rus xizmatiga.
Markaziy
Osiyo davlatlari Afgʻonistonda yuzaga kelgan voqelikni koʻrmoqda va ularga
moslashishga tayyor, deb tushuntiradi sharqshunos Andrey Ontikov. Qolaversa, IShIDga
qarshi urush eʻʻlon qilgan va amalda kurashayotgan Tolibon bilan hamkorlik ularning
manfaatlariga toʻla mos keladi.
“Mintaqa
davlatlari oʻz vaqtida Suriya va Iroqda kuchayib, katta hududni nazorat qilgan
IShIDga jangarilar etkazib beruvchi asosiy “eksportchilardan” boʻlgani hech kimga
sir emas. Markaziy Osiyo davlatlarining bir qator aholisi uchun IShID
mafkurasining jozibadorligini hisobga olib, ushbu davlatlar rahbariyati mazkur
muammoni nafaqat oʻz ichida, balki tashqi chegaralarda ham toʻxtatishdan manfaatdor”,
— deya tushuntiradi Ontikov.
Mutaxassisning
fikricha, bu janglarda ashaddiy terrorchilarning oʻz vatanlariga qaytish va
keyinchalik vaziyatni beqarorlashtirish ehtimolini minimallashtiradi.
Oʻtgan
yili Qozogʻiston bosh vaziri oʻrinbosari Serik Jumangarin Afgʻoniston mamlakat uchun
ustuvor un bozori boʻlib, mahsulot eksporti umumiy hajmining 70 foizini tashkil
etishini taʻʻkidladi. Qolaversa, Markaziy Osiyoning barcha davlatlaridan
Kobul Ostona bilan eng koʻp savdo qiladi. Oʻtgan yili mamlakatlar oʻrtasidagi
oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb 1 milliard dollarga etdi.
Qirgʻiziston hukumati Qozogʻistondan oʻrnak oldi. 7 sentyabrʻ kuni Bishkek Tolibonni taqiqlangan
guruhlar roʻyxatidan olib tashlagani maʻʻlum boʻldi. Shu bilan birga, mamlakat TIV
“xalqaro hamjamiyatning Afgʻonistonda hamda butun mintaqada barqaror va tinch muhitni taʻʻminlashga
qaratilgan saʻʻy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashga” sodiqligini taʻʻkidladi. Afgʻoniston
diplomatik departamenti ham qaror uchun minnatdorchilik bildirdi.
"Terrorchi"dan "savdo hamkori"ga
Qozogʻiston hukumati birinchi boʻlib Tolibonni terrorchilar
roʻyxatidan chiqarishga qaror qildi. Bu joriy yilning iyunʻ oyida sodir boʻldi. Mamlakat
prezidenti Qosim-Jomart Tokaev buni savdo-iqtisodiy hamkorlikni hisobga olish va
“bu rejim uzoq muddatli omil” degan tushuncha bilan izohladi.
Afgʻoniston hukumatining eng katta yutugʻi koʻknori etishtirishni
95 foizga qisqartirganidir, deydi xalqaro aloqalar boʻyicha ekspert Bayqadam
Kuramaev. "Oʻnlab, balki yuzlab millionlab odamlar bu halokatli moddalarni olmaydigan boʻldi.
Va buning uchun biz Tolibon boshchiligidagi hukumatni hurmat qilishimiz kerak”.
Iqtisodiy imkoniyatlarga kelsak, ekspertning fikricha, Bishkek
va Kobul qishloq mahsulotlarini etkazib berish boʻyicha yuqori salohiyatga ega:
“Shuningdek, CASA-1000 loyihasini ham eslatib oʻtaman, bu loyiha doirasida
Qirgʻiziston va Tojikiston gidroenergetika
manbalari hisoblanadi. Mintaqadagi ortiqcha elektr quvvatini Afgʻoniston va Pokistonga etkazib bera
oladi. Mamlakatdagi siyosiy barqarorlik bu loyihalarni qayta tiklash va
faollashtirish imkonini beradi”.
Loyihaning poydevori 2016 yil may oyida qoʻyilgandi. Biroq Tolibon hokimiyatga
kelganidan keyin qurilish muzlatilgan. Joriy yil bahorida
loyihani qayta tiklashga qaror qilindi. Uning qiymati 1,2 milliard dollarga baholangan.
Yana bir muhim loyiha – Transafgʻon temir
yoʻli qurilishi bilan bogʻliq. Taxminlarga koʻra, yoʻnalish Oʻzbekistonning Termiz,
Afgʻonistonning Mozori Sharif va Logar shaharlari orqali Pokistonning Kurram
viloyatidagi Xarlachi chegara punktigacha boʻladi. Temir yoʻl yuklarni etkazib berish
muddatini 35 kundan 5 kunga qisqartiradi, shuningdek, Markaziy Osiyo
mamlakatlariga Hind okeaniga chiqish imkonini beradi. Rossiya uchun koridor Eron va
Pokiston portlariga chiqish imkoniyatiga ega qoʻshimcha yoʻlga aylanadi.
Ikki
yomonlikdan
Tolibon
Afgʻonistonda hokimiyatni 2021 yilda qoʻlga kiritdi. Afgʻoniston 40 million
aholiga ega davlat. Hatto shimoliy qoʻshnisi Oʻzbekistonda ham aholi soni 5
millionga kam (maʻʻlumot eskirgan,
2024 yil maʻʻlumotlariga koʻra, mos ravishda 44,2 va 37 mln – Azon Global). Kobul bilan
munosabatlarni oʻrnatishda esa bu omilni hisobga olish kerak, deydi siyosatshunos
Chingiz Lepsibaev.
“Bu katta davlat va uning aholisi oziqlanishi kerak. Agar bu ehtiyoj qondirilmasa, aholi
tabiiy ravishda oziq-ovqat
qidirishni boshlaydi. Va bir nechta variant bor: ittifoqchi Pokistonga
borishingiz yoki Xitoyga qarab harakat qilishingiz mumkin, ammo u erda togʻlar va urush uchun
yoqimsiz joylar bor yoki bu Tojikiston. Shuning uchun, masalan, Dushanbe har qanday
mojarodan qochish uchun tabiiyki, Tolibon bilan murosa qilishga intiladi”, - deya qayd etadi ekspert.
Bu mintaqaning boshqa mamlakatlariga ham tegishli. Davlatlar
Kobul ularni dushman sifatida koʻradigan vaziyatdan qochishga harakat qilmoqda,
chunki oʻzaro hamkorlik qilishning faqat ikkita varianti bor: yo ular bilan savdo
qilishdan bosh tortish va aholini ochlikdan oʻldirish yoki katta resurslarni talab
qiladigan urush boshlash. “Shuning uchun Markaziy Osiyo davlatlari imkoni boricha Afgʻoniston bilan
doʻst boʻlib, u bilan ziddiyatga tushmaslikka harakat qiladi. Boshqa tomondan, ular
imkon qadar bu vaziyatni oʻz
manfaatlariga xizmat qildirishga intiladi”.
Biroq, ekspertning fikricha, bu tinchlik ham beqaror boʻlib chiqishi
mumkin. Tolibon Amudaryodan suv oladigan Qushtepa kanalini jadallik bilan qazishda davom etmoqda. Quyi
oqimdagi Oʻzbekiston va Turkmaniston choʻllanish xavfi ostida. Markaziy Osiyoning
barcha davlatlari Tolibonning rejalaridan chuqur xavotir bildirmoqda. Kobul bilan
kelishuvga erishishga boʻlgan
urinishlari natijaga olib kelayotganicha
yoʻq.
Tolibonning
terrorchi tashkilotlar
roʻyxatidan oʻchirilishi - faqat
siyosiy qaror. Davlat
jinoyatchi deb hisoblanadigan
odamlar bilan savdo qilmasligi
haqidagi paradoksning oldini olish uchun. Mutaxassislarning fikricha, yaqin
kelajakda mintaqadagi boshqa davlatlar ham bu namunaga amal qilishi mumkin. Bu
masala Rossiyada ham oʻrganilmoqda.
Tolibon boshchiligidagi Kobul dastlab yakkalanib qolmagan,
deydi Ontikov: “Vaziyat bemaʻʻnidek tuyulishi mumkin, ammo bu paradoksni tuzatish
uchun qoʻshimcha vaqt kerak boʻlishi mumkin. Albatta, afgʻon rasmiylarining oʻzlari Afgʻonistondan
tashqarida ham, uning ichida ham terrorchilik usullarini oʻz faoliyatidan istisno
qilgan boʻlsalar”.
Manba: TRT rus xizmati.