Rossiya bosh vaziri Oʻzbekistonga keldi
Rossiya
bosh vaziri Oʻzbekistonga keldi
Rossiya
bosh vaziri Mixail Mishustin Oʻzbekistonga keldi. Toshkentda Oʻzbekiston va Rossiya
hukumat rahbarlari darajasidagi qoʻshma komissiyaning beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.
Mishustin Toshkent Texnoparkida boʻlib, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan sanoat
mahsulotlari bilan tanishdi.
Rossiya hukumati
raisi Mixail Mishustin 9 sentyabrʻ kuni Oʻzbekistonga keldi. Uni «Toshkent» xalqaro
aeroportida Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib
oldi.
Oʻzbekiston
hukumati rahbari matbuot xizmatining xabar qilishicha, 9 sentyabrʻ kuni Toshkent
shahrida Oʻzbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi qoʻshma komissiyaning
beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.
Ikki
davlat hukumat rahbarlari raisligida oʻtgan yigʻilishda oʻzaro strategik sheriklik
hamda hamkorlik munosabatlarining bugungi holati, istiqbollari muhokama etildi.
Majlisda mamlakatlar
oʻrtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi bosqichga koʻtarilib borayotgani taʻʻkidlandi.
“Uchrashuv
yakunlari boʻyicha qoʻshma kommyunike qabul qilindi hamda bir qator hukumatlararo va
idoralararo hujjatlar imzolanadi”, deyiladi xabarda.
Shu kunining oʻzida Rossiya hukumati delegatsiyasi Toshkent shahridagi «Gʻalaba bogʻi» yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi va Texnoparkda boʻlib, ishlab chiqarilayotgan keng turdagi yuqori texnologik mahsulotlar bilan tanishdi.