bir misol keltiramiz. Har kuni necha-necha bemor sening shifoxonangda tekinga davolanadi. Soʻngra boshqasining oldiga borib: “Yaxshiyam borsiz, agar saxovatingiz boʻlmaganida, biz qaerga bosh urardik, kim biz bilan shugʻullanardi! Dorilarimizni kim berar, bizlarni kim davolardi!” deyishsa, indamay ketasanmi? Aslo! “Shifoxona meniki, sizlarni davolagan, malhamlaringizni bergan, holingizdan xabar olgan menman. Rahmatni menga ayting!” deysan. Endi soʻrovimiz quyidagicha: – Sen eng oddiy yaxshiliklaringning ham boshqasiga berilishiga rozi boʻlolmayapsan. Alloh taolo bizlarga ato etgan nihoyasiz xayr va ehsonlarning boshqasiga nisbat berilishiga, tashakkur va minnatdorlik bildirilishiga qanday rozi boʻlsin?