Isroil inqirozi: yahudiylar “vaʻʻda qilingan yurt”dan qochmoqda
Soʻnggi maʻʻlumotlarga koʻra, muhojirlarga qaratilgan barcha jozibali takliflarga qaramay, Isroil aholisi hamon 10 mlnga etmaydi. Qochib ketayotganlarning Isroil haqidagi fikrlari va bu mustamlakachi davlatga koʻchishni oʻylayotganlarga yomon taʻʻsir qilishi vaziyatni yanada chigallashtirishi mumkin – jurnalist va tahlilchi Adnan Abdurrazzoq maqolasidan.
“Al-Aqso toʻfoni” operatsiyasi Isroilning mavqeiga jiddiy taʻʻsir qildi. 2023 yil 7 oktyabrʻ tongida Isroil xavfsizlik xizmati odamlar ongiga singdirilganidek
benuqson ishlamasligi ayon boʻldi. Beqaror vaziyat tufayli koʻpgina kompaniyalar oʻz kapitallarini
mamlakatdan olib chiqib ketish payiga tushib qolishdi.
Farovon
hayot, barqarorlik va “vaʻʻda qilingan yurt” singari vaʻʻdalar bilan butun dunyodan Falastin erlariga toʻplangan yarim millionga yaqin yahudiylar qochib ketishdi. Bu esa bosqinchi davlat omon qolishi uchun zarur
boʻlgan muhojirlar oqimiga zarar etkazdi. Teskari migratsiya xavfidan xabardor
boʻlgan Isroil hukumati tarixni soxtalashtirib, yahudiylarni soʻnggi 70 yil ichida
uy-joy, ish va moliyaviy yordam bilan taʻʻminlab keldi. U Isroil fuqarolaridan Gʻazodagi falastinliklarga qarshi davom etayotgan
urushning 60 mlrd dollardan ortiq xarajatlari yukini olib tashladi. Kuzatuvchilarga
maʻʻlumki, Gʻazodagi
urush fonida baʻʻzi hududlardagi kichik oʻsishni hisobga olmaganda, soliqlar
oshirilmadi.
Isroil hukumati ishgʻol davlatida,
shuningdek, bosib olingan Gʻarbiy Sohil, Quddus va Gʻazo sektorida yahudiylarning kamayishi va musulmonlarning koʻpayishi “yahudiy davlati” uchun demografik xavf tugʻdirishini yaxshi bilishadi.
Soʻnggi maʻʻlumotlarga koʻra, muhojirlarga
qaratilgan barcha jozibali takliflarga qaramay, Isroil aholisi hamon 10 mlnga etmaydi. Qochib ketayotganlarning Isroil
haqidagi fikrlari va bu mustamlakachi davlatga koʻchishni oʻylayotganlarga yomon taʻʻsir qilishi vaziyatni yanada chigallashtirishi
mumkin.
Boshqacha aytganda,
Isroil hukumati yahudiy muhojirlarni oʻziga jalb qilish, “vaʻʻda qilingan yurt”ga boʻlgan ishonchni tiklash va
yahudiylarni oʻz vatanlariga qaytishga undaydigan qoʻrquvlarni yoʻqotish uchun aldash
va yoʻldan ozdirishning yangi usullarini oʻylab topishga majbur. Ayni paytda, Isroildagi oʻta oʻng rejim
bosib olingan erning asl egalari – falastinliklarga adolatni taʻʻminlaydigan va
Sharqiy Quddusni poytaxti deb biladigan mustaqil davlat tashkil etishni mutlaqo istamaydi.
Isroilning 1950
yildagi “Asosiy qaytish” qonuni dunyoning istalgan joyida tugʻilgan yahudiylarga mamlakatga koʻchib oʻtish va darhol fuqarolikni olish huquqini
beradi.
Ularga bosib
olingan Falastin hududlarida noqonuniy qurilgan aholi punktlaridan koʻchmas mulklar vaʻʻda qilingan. “Globes” gazetasining yozishicha, Isroil rejimi mavjud
takliflar etarli emasligini va mamlakatni tark
etayotgan koʻplab odamlarning migratsiya tendentsiyasini, shuningdek, investorlarni
jalb etish zarurligini anglagan holda, joriy oydan boshlab yangi muhojirlar uchun
uy-joylarga soliq imtiyozlarini eʻʻlon qildi.
Yangi muhojirlar
narxi ikki million shekeldan past (546 142 dollar) boʻlgan
uylar uchun soliq toʻlamaydi. Soliq uy-joyning
bahosi ikki million shekeldan oshsa, atigi 0,5 - 5
foizgacha, olti million shekeldan oshsa, 8 foizgacha koʻtariladi. Ushbu jozibali
taklif koʻchmas mulkni sotib olishda soliq qonunchiligida nazarda tutilgan
chegirmaga qoʻshimchadir.
Vijdonli, qotillik, adolatsizlik va mintaqaviy urush ehtimolini koʻra biladigan har
qanday odam Isroilga koʻchib oʻtishdan oldin yaxshilab oʻylab, keyin
qaror qabul qiladi. Ijtimoiy
adolat oʻrnatilgan boshqa mamlakatlarda kapitalga ega munosib odamlar yaxshi qabul
qilinadi. Shunday ekan, ular nega aynan Isroilni tanlashi kerak?
Isroil immigratsiya
idorasi taqdim etgan statistik maʻʻlumotlarga koʻra, oʻtgan yilning 7 oktyabridan
29 noyabrigacha Isroilga kelgan muhojirlar soni ikki baravarga kamaygan. “The Times of Israel” nashrining xabar berishicha,
yarim million kishi ishgʻol davlatini tark etib, qaytib kelmagan. Mazkur holat sionistlar rejimiga nisbatan ishonch kamaygani va aholi
sonining qisqarb
borayotganini bildiradi.
“Saksoninchi oʻn
yillikning laʻʻnati” haqidagi bashoratlar esa aparteid davlati boʻlgan Isroilni tahlikaga solmoqda.
Adnan Abdurrazzoq, jurnalist, tahlilchi