17.09.2024 07:37

Qozogʻistonda "Markaziy Osiyo - Germaniya" sammiti boʻlib oʻtmoqda

Ostona shahrida "Markaziy Osiyo - Germaniya" sammiti boʻlib oʻtmoqda. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev unda ishtirok etish uchun Qozogʻistonga joʻnab ketdi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqaevning taklifiga binoan 17 sentyabrʻ kuni tongda ikkinchi "Markaziy Osiyo - Germaniya" sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga joʻnab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, sammitda mintaqa mamlakatlarining Germaniya bilan koʻp qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.

Savdo-iqtisodiyot, investitsiya, texnologiyalar, transport-kommunikatsiya va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida eʻʻtibor qaratiladi. Shuningdek, Germaniyaning etakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan qoʻshma uchrashuv oʻtkazish rejalashtirilgan.

«Markaziy Osiyo — Germaniya» formatidagi birinchi sammit oʻtgan yilning 29 sentyabrʻ kuni Berlin shahrida oʻtkazilgan edi. 

Mavzuga aloqador