Sudanda vabo qurbonlari soni 315 nafarga etdi
Sudanning turli viloyatlarida tarqalgan vabo kasalligiga chalingan soni 9533, epidemiya qurbonlari soni esa 315 nafarga etdi. Mamlakatda avj olgan qurolli toʻqnashuvlar sogʻliqni saqlash tizimini izdan chiqardi. Iyunʻ oyidan buyon davom etayotgan yogʻingarchiliklar hamda suv toshqinlari esa vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda.
Sudan Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayonotda,
oʻlkaning turli shtatlarida tarqalgan vabo epidemiyasi bilan kasallanganlar
sonining 9 533 nafarga etgani qayd etildi.
Bayonotda, epidemiya tufayli hayotdan koʻz yumganlar sonining 315
nafarga etgani bildirildi.
Bayonotda, shuningdek, Sudanning 11 shtatida iyunʻ oyidan beri
kuchli yomgʻir va suv toshqinlari
tufayli hayotdan koʻz yumganlar sonining 225 nafarga koʻtarilgani ham qayd etildi.
Sel va yomgʻirdan jabr koʻrganlar soni 345 204 nafarga etgani
maʻʻlum qilindi.
Mamlakatda
har yili iyulʻ-oktyabrʻ oylari orasida kuchli yogʻingarchilik va suv toshqinlari sodir boʻladi. Natijada yiliga 100 dan ortiq
odam halok boʻladi, oʻn minglab uylar, ish joylari va qishloq xoʻjaligi erlari zarar
koʻradi. Bu yil ushbu tabiat hodisalari vabo kasalligining avj olishiga ham sabab
boʻlmoqda. Sudan hukumati 12 avgust kuni vaboni epidemiya deb eʻʻlon qildi.
Vabo epidemiyasiga qarshi kurashish uchun suv taʻʻminoti hamda
asosiy sanitariya-gigiena talablariga rioya qilish talab etiladi. Biroq Sudanda
davom etayotgan fuqarolar urushi, sogʻliqni saqlash tizimidagi inqiroz, qolaverasa,
yogʻingarchiliklar va suv toshqinlari ushbu epidemiyaga qarshi kurashni susaytirmoqda.
Epidemiya esa shusiz ham ochlik va uysizlikdan aziyat chekayotgan millionlab sudanlik
musulmonlar hayotini yanada qiyinlashtirmoqda.