HAMAS etakchisi Gʻazoda “uzoq urush”ga tayyorligini maʻʻlum qildi
HAMAS
etakchisi Yahyo Sinvar dushanba kuni Gʻazoda urush boshlanganidan qariyb bir yil oʻtib, mintaqaviy
ittifoqchilar koʻmagida Isroilga qarshi kurashni davom ettirish uchun resurslarga ega
ekanligini maʻʻlum qildi. Sinvar guruhning Yamandagi
ittifoqchilariga yoʻllagan maktubida “uzoq davom etadigan vayronkor urushga qarshi
kurashishga tayyormiz”, dedi.
Sinvar Yaman husiylariga yoʻllagan maktubida Gʻazo va
mintaqaning boshqa joylarida, jumladan, Livan va Iroqda Eron bilan bogʻliq boʻlgan
guruhlar 11 oydan ortiq davom etib kelayotgan urushda "dushmanning siyosiy
irodasi sinishi"ni taʻʻkidladi.
"Bizning siz bilan hamda Livan va Iroqdagi guruhlar
bilan birgalikdagi saʻʻy-harakatlarimiz dushmanni sindirib, uni magʻlub
qiladi", dedi Sinvar.
Ayni
paytda qamal ostidagi Gʻazo sektorida halokatli janglar davom etmoqda, shifokorlar
va qutqaruvchilar dushanba kuni Isroil zarbalari natijasida kamida yigirma kishi halok boʻlganini maʻʻlum qilishdi.
Oxirgi zarbalar Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant Livanda Hizbulloh
jangarilari bilan janglarni tugatish istiqbollari xiralashib borayotgani va
mintaqaviy mojaroning kengroq hududlarni
qamlab olishi haqida ogohlantirgan bir paytga toʻgʻri keldi.
HAMASning
yuqori martabali rasmiysi Usama Hamdan oʻtgan hafta oxirida AFP agentligiga guruh yoʻqotishlarga qaramay, kurashni "davom etish
qobiliyatiga ega"ligini aytib,
oʻldirilgan jangchilar oʻrniga "yangi avlodlar yollangani"ni maʻʻlum qildi.
Ayni vaqtda,
Gallant oʻtgan hafta 7 oktyabrdagi hujumi urushga sabab boʻlgan HAMAS hozirda Gʻazoda harbiy
kuch sifatida "mavjud emas"ligini aytdi.
BMTning inson huquqlari boʻyicha mustaqil ekspertlari Isroil
Gʻazodagi harakatlari tufayli xalqaro yakkalanib qolish xavfi borligidan
ogohlantirdi va Gʻarb davlatlarini javobgarlikni taʻʻminlashga chaqirdi.
Zoʻravonliklar keng koʻlamli urushga aylanib ketishi
mumkinligidan xavotirlar ortidan
Isroilning Livan bilan shimoliy chegarasida keskinlik kuchaygan.
“Hizbulloh oʻzini HAMAS bilan bogʻlashda davom etar va mojaroga barham berishdan bosh
tortar ekan, kelishuv ehtimoli kamayib bormoqda”, dedi Gallant AQShga tashrif
buyurgan AQSh maxsus vakili Amos Xochshteynga.