Xalqaro hayot
Yaman: Saudiyaning Isroilni qoʻllab-quvvatlashi javobsiz qolmaydi
Yamanning “Ansarulloh” harakati rahbari Abdulloh al-Husiy 7 iyulʻ kuni Saudiya hukmdorlariga yoʻnaltirilgan strategik xabarda oʻzaro yaqinlashgan ehtimoliy toʻqnashuvlar haqida ogohlantirdi: «Biz, albatta, banklarga banklar bilan, Riyoz aeroportiga Sanaa aeroporti bilan va dengiz portlariga dengiz portlari javob qaytaramiz.» Ushbu ogohlantirish Sanadan Saudiya Arabistoniga qaratilgan soʻnggi tahdidlar toʻlqinidan keyin berildi.
Davomini o'qish...76520.07.2024 16:35Bombalanayotgan Gʻazo: 288-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 288 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Davomini o'qish...77920.07.2024 15:30Tavakkul va iroda namoyishi: “qashshoq va qoloq” husiylar “qudratli va engilmas” Isroilga toʻgʻridan-toʻgʻri zarba berdi
Uzoq-yaqindagi musulmonlar AQSh va Gʻarbdan qoʻrqib, Isroilga bir shapaloq ham tushirishga majoli etmayotgan bir paytda, kambagʻal va qoloq Yaman qariyb 2 ming chaqirimdan turib Isroilga ogʻriqli zarba bera oldi. Bu zarba hali boshlanishi, bu hujum Isroilning “qush ham uchib oʻta olmasligi” aytilgan “Temir gumbazi” zaifligidan, Isroilning havo hujumidan mudofaa tizimlari musulmonlarning lablariga uchiq toshtiradigan darajada qudratli emasligidan darak beradi.
Davomini o'qish...101620.07.2024 12:04Ozarbayjon mustamlakachilikka qarshi jabha ochdi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida frantsuz mustamlakachiligiga qarshi harakatlarning birinchi qurultoyi boʻlib oʻtdi. Unda Korsika, Melaneziya, Polineziya mustaqilligi uchun kurashayotgan 20 ga yaqin siyosiy partiya va harakatlar etakchilari, Frantsiya mustamlakachiligidan jabr koʻrgan Karib dengizi va Antil orollari guruhi, shuningdek, Gollandiyaning ikki mustamlakasi vakolatli vakillari ishtirok etdi.
Davomini o'qish...78920.07.2024 09:45Xalqaro sud: Isroil Sharqiy Quddus va Gʻarbiy Sohilda bosqinchi hisoblanadi
BMTning Xalqaro sudi Isroilni Falastin hududlarini ishgʻol qilishni darhol toʻxtatishga chaqirdi. Shuningdek, Xalqaro sud Isroil Sharqiy Quddus va Gʻarbiy Sohilda bosqinchi hisoblanishini qayd etib, undan Falastin hududlaridagi “adolatsiz harakatlari” tufayli etkazilgan barcha zararni qoplashni talab qildi.
Davomini o'qish...71320.07.2024 08:28The Trump Organization Dubay va Jiddada osmonoʻpar binolar quradi
The Trump Organization Saudiya Arabistonining Dar Global qurilish kompaniyasi bilan Dubayda (BAA) osmonoʻpar bino qurish boʻyicha kelishuvni imzoladi. Trump Tower Dubai deb nomlanadigan mazkur binoda Trump mehmonxonasi va turar-joy majmuasi ham oʻrin oladi.
Davomini o'qish...77419.07.2024 16:31Bangladeshda talabalar namoyishlari qurbonlari soni ortmoqda
Bangladeshda hukumatning ishga joylashish kvotasiga qarshi namoyishlar tartibsizliklarga aylanib, 28 kishining hayotiga zomin boʻldi. Namoyishchilar davlat televideniesi idorasiga bostirib kirgan, binoning avtoturargohi va foyesida yongʻin boshlagan. Mamlakatdagi barcha masjidlarda tartibsizliklarda halok boʻlganlar uchun gʻoyibona janoza namozi oʻqilmoqda.
Davomini o'qish...80719.07.2024 14:47Bombalanayotgan Gʻazo: 287-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 287 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Davomini o'qish...69419.07.2024 13:28“Vagner”ga yollangan namanganlik besh yilga qamaldi
Evgeniy Prigojinning shaxsan oʻzi tomonidan “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasiga yollanib, Ukrainadagi urushda qatnashgan Oʻzbekiston fuqarosi besh yil qamoq jazosiga hukm qilindi. U 2016 yilda ishlash uchun Rossiyaga boradi va boshqa bir muhojirni qasddan oʻldirgani uchun 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiladi. Qamoqxonaga “Vagner” rahbari Evgeniy Prigojinning shaxsan oʻzi kelib, mahbuslarga ozodlikka chiqish, yuqori maosh va fuqaroligi boʻlmaganlarga Rossiya fuqaroligini vaʻʻda qiladi.
Davomini o'qish...79919.07.2024 12:35Isroil parlamenti Falastin davlatchiligini rad etuvchi qonun loyihasini qabul qildi
Butun dunyo Isroil-Falastin mojarosini ikki davlat tamoyili asosida hal etishni taklif etayotgan bir vaqtda, yahudiy deputatlari Falastin davlatchiligini butunlay inkon etuvchi qonun loyihasini qabul qildi. "Isroil Knesseti Iordan daryosining gʻarbiy sohilida Falastin davlati tashkil etilishiga keskin qarshi”, - deyiladi hujjatda.
Davomini o'qish...65019.07.2024 11:36