19.07.2024 11:36

Isroil parlamenti Falastin davlatchiligini rad etuvchi qonun loyihasini qabul qildi

Butun dunyo Isroil-Falastin mojarosini ikki davlat tamoyili asosida hal etishni taklif etayotgan bir vaqtda, yahudiy deputatlari Falastin davlatchiligini butunlay inkon etuvchi qonun loyihasini qabul qildi. "Isroil Knesseti Iordan daryosining gʻarbiy sohilida Falastin davlati tashkil etilishiga keskin qarshi”, - deyiladi hujjatda.

Isroil parlamenti Falastin davlatchiligini butunlay inkon etuvchi qonun loyihasini qabul qildi. Netanyaxu koalitsiyasi va oʻng qanot muxolifat partiyalari hamkorligida ishlab chiqilgan qonun loyihasi 68 ovozning mutlaq koʻpchiligi bilan qabul qilindi.

"Isroil Knesseti Iordan daryosining gʻarbiy sohilida Falastin davlati tashkil etilishiga keskin qarshi”, - deyiladi rezolyutsiyada.

Qonun loyihasi, shuningdek, chorshanba kuni qirol Charlz tomonidan Britaniyaning ikki davlat siyosatini tasdiqlovchi bayonotiga bevosita ziddir.

Eslatib oʻtamiz, BMT ekspertlari guruhi Yaqin Sharqda tinchlikni taʻʻminlash uchun barcha mamlakatlarni Falastin davlatini tan olishga chaqirgan edi.

BMT aʻʻzosi hisoblangan Falastinni bugungi kunda dunyoning 147 ta mamlakati, jumladan, Oʻzbekiston (1994 yilda) davlat sifatida tan olgan.

 

Mavzuga aloqador