“Vagner”ga yollangan namanganlik besh yilga qamaldi
Evgeniy
Prigojinning shaxsan oʻzi tomonidan “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasiga yollanib,
Ukrainadagi urushda qatnashgan Oʻzbekiston fuqarosi besh yil qamoq jazosiga hukm
qilindi. U 2016 yilda ishlash uchun Rossiyaga boradi va boshqa bir muhojirni qasddan
oʻldirgani uchun 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiladi. Qamoqxonaga “Vagner”
rahbari Evgeniy Prigojinning shaxsan oʻzi kelib, mahbuslarga ozodlikka chiqish,
yuqori maosh va fuqaroligi boʻlmaganlarga Rossiya fuqaroligini vaʻʻda qiladi.
Rossiyaning
«Vagner» PMK tarkibida jang qilgan Namangan viloyatida yashovchi Gʻolib Aliev Oʻzbekiston
Jinoyat kodeksining 154-moddasi («Yollanish») bilan besh yilga ozodlikdan mahrum
etildi.
Sud
majlisida Aliev oʻz aybiga toʻliq iqror boʻlgan. Uning soʻzlariga koʻra, 2016 yilda
Rossiyaga ishlash uchun kelgan, biroq oradan maʻʻlum vaqt oʻtib, boshqa bir muhojirni qasddan
oʻldirgani uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
2022 yil
1 sentyabrʻ kuni “Vagner” XHK rahbari Evgeniy Prigojinning shaxsan oʻzi Aliev
saqlanayotgan koloniyaga mahbuslarni Ukrainadagi urushga yollash uchun keladi. U
bilan shartnoma olti oy muddatga shartnoma imzolash hamda oyiga 175 ming rubldan
maosh toʻlash, sudlanganlikni olib tashlash hamda Rossiya fuqaroligini berishni vaʻʻda
qiladi.
“Taxminan
700 yoki 800 mahbus jang qilishga rozi boʻldi. Men ham qamoqqa qolmaslik uchun ular
bilan birga rozi boʻldim", - deydi Aliev oʻz himoyasida.
Harbiy
lagerdagi mashgʻulotlardan soʻng oktyabrʻ oyi boshida Aliev asosiy janglar boʻlib
oʻtgan Luganskka yoʻl oladi. 2023 yil yanvarʻ oyida elkasidan yaralangan va
kasalxonada uygʻongan.
“2023 yil
17 fevralda harbiy gospitaldan chiqdim. Ular menga 600 ming rublʻ
miqdorida mukofot puli
berishdi”, - dedi sudlanuvchi. Avgust oyida Rossiya fuqaroligini oladi va "Jasorat
uchun" medali bilan taqdirlanadi.
2023 yil dekabrʻ oyida vataniga qaytganidan soʻng Alievga
nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasi «Yollanish» boʻyicha ish qoʻzgʻatilgan.