Xalqaro hayot
BMT: Sudanda 23 million kishi toʻyib ovqatlanayotgani yoʻq
Sudanda hukumat armiyasi va harbiylashgan Tezkor Harakat Kuchlari oʻrtasida 15 oydan buyon davom etayotgan toʻqnashuv tufayli eng kamida 16 ming kishi halok boʻldi, 7,2 milliondan ziyod kishi oʻz uylarini tashlab ketdi. Shuningdek, 23 million kishi toʻyib ovqatlanmaslik, 750 ming kishi esa butkul ocharchilik yoqasida.
Davomini o'qish...101524.07.2024 11:45HAMAS Parijda "qon daryosi"ni oqizish haqidagi videoga aloqadorligini rad etdi
Falastinning HAMAS harakati tashkilot nomidan nomaʻʻlum shaxsning Parij Olimpiadasida “qon daryosi”ni oqizish bilan tahdid qilgan videoga aloqadorligini rad etdi. Kuzatuvchilarning fikricha, Falastin qarshiliklarini yomonotliq qilishga urinish ortida Isroil va uning ittifoqchilari turibdi.
Davomini o'qish...89224.07.2024 11:05Britaniya armiyasi rahbari uch yil ichida urushga tayyorgarlik koʻrishga chaqirdi
Britaniya Qurolli Kuchlari qoʻmondoni general Roland Uoker kelgusi uch yil ichida urushga tayyorgarlik koʻrish, 2027 yilgacha britan armiyasining jangovar qobiliyatini ikki barobarga oshirish zarurligini taʻʻkidladi. Uning fikricha, Rossiya, Eron va Xitoy Britaniyaga xavf tugʻdirishi mumkin. “Urush muqarrar emas, ammo mojaroga tayyorgarlik koʻrish va uning oldini olish uchun vaqt etarli”, dedi qoʻmondon.
Davomini o'qish...71424.07.2024 10:25Bangladeshdagi tartibsizliklar qurbonlari soni 187 kishiga etdi
Bangladeshda davlat ish oʻrinlari uchun kvota tizimiga qarshi keng koʻlamli namoyishlar Oliy sud hukumat qarorini bekor qilganiga qaramasdan davom etmoqda. Toʻqnashuvlarda kamida 187 kishi halok boʻldi. Komendantlik soati payshanbagacha uzaytirildi, butun mamlakat boʻylab internet oʻchirilgan. Bosh vazir Shayx Hasina cheklovchi choralar vaziyat yaxshilanmaguncha davom etishini maʻʻlum qildi.
Davomini o'qish...62324.07.2024 08:51Isroil Falastindagi 9 oylik qatliom urushida nimalarni yoʻqotdi?
Isroilning Falastinda 2023 yil 7 oktyabrdan buyon davom ettirayotgan qirgʻinbarot urushida nimalarni yoʻqotdi? Urushdan aziyat chekayotgan, qurbon berayotganlar faqat Falastin tomonimi – 9 oyda Isroilning yoʻqotishlari.
Davomini o'qish...97024.07.2024 07:49Rossiyada noqonuniy muhojirlar yashayotgan joylar haqida xabar qilganlarga 100 ming rubldan mukofot puli berish taklif qilindi
Rossiya Davlat Dumasi deputati Sergey Karginov mehnat muhojirlarining noqonuniy yashash joylari haqida xabar bergan rossiyaliklarga 100 ming rublʻ miqdorida bonuslar toʻlashni taklif qildi. Deputat oʻz taklifini muhojirlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar tobora zoʻravonlikka aylanib borayotgani bilan izohladi. Ayni paytda mamlakatdagi mehnat muhojirlari soni oxirgi 10 yildagi eng past darajaga tushgan.
Davomini o'qish...72823.07.2024 16:30Bombalanayotgan Gʻazo: 291-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 291 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Davomini o'qish...67423.07.2024 14:30Efiopiyadagi koʻchkida kamida 157 kishi halok boʻldi
Efiopiya janubida kuchli yogʻingarchiliklar sababli roʻy bergan koʻchkilarda halok boʻlganlar soni kamida 157 nafarga etdi. 21 iyulʻ kuni roʻy bergan koʻchkidan halok boʻlganlarni qutqarishga yigʻilganlarning koʻpchiligi ikkinchi koʻchki ostida qolib halok boʻlgan. Qurbonlar orasida ayollar va bolalar bor.
Davomini o'qish...67623.07.2024 13:35HAMAS va FATH Xitoyda kelishuv imzoladi
Falastinning HAMAS harakati va Fath partiyasi vakillari Pekinda oʻn yilliklar davom etgan ziddiyatlarga barham berish va Falastin birligini mustahkamlash boʻyicha kelishuvni imzoladi. 21 iyulʻ kuni Falastin guruhlari oʻrtasida boshlangan muzokaralarda HAMAS va Fathdan tashqari, yana 12 ta Falastin harakati vakillari ishtirok etdi.
Davomini o'qish...76323.07.2024 12:38Saudiya Arabistoni Yamanga zarba berishga aloqadorligini rad etdi
Saudiya Arabistoni ijtimoiy tarmoqlar va OAVda qirollik Isroil Yamanning Hudayda shahriga bergan aviazarbalariga aloqador ekani haqidagi mish-mishlarni rad etdi. “Qirollik hech kimning oʻz havo hududini buzishiga yoʻl qoʻymaydi”, - dedi Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Turki Al-Maliki.
Davomini o'qish...63523.07.2024 10:37