19.07.2024 14:47

Bangladeshda talabalar namoyishlari qurbonlari soni ortmoqda

Bangladeshda hukumatning ishga joylashish kvotasiga qarshi namoyishlar tartibsizliklarga aylanib, 28 kishining hayotiga zomin boʻldi. Namoyishchilar davlat televideniesi idorasiga bostirib kirgan, binoning avtoturargohi va foyesida yongʻin boshlagan. Mamlakatdagi barcha masjidlarda tartibsizliklarda halok boʻlganlar uchun gʻoyibona janoza namozi oʻqilmoqda.

Bangladeshda hukumatning ishga joylashish kvotasiga qarshi namoyishlar tartibsizliklarga aylanib, 28 kishining hayotiga zomin boʻldi, deya xabar bermoqda Al-Sharq al-Awsat.

Payshanba kuni politsiya bilan toʻqnashuvlarda 22 kishi halok boʻlganidan soʻng mamlakatda internet va mobil aloqa butunlay oʻchirildi.

Namoyishchilar davlat televideniesi idorasiga bostirib kirgan, binoning avtoturargohi va foyesida yongʻin boshlagan.

“Men qochishga muvaffaq boʻldim, biroq bir nechta hamkasblarim ichkarida qolib ketishdi. Hujumchilar binoga kirib, mebellarni yoqib yuborishgan”, — dedi xodimlardan biri.

Mamlakatdagi barcha masjidlarda tartibsizliklarda halok boʻlganlar uchun janoza namozi oʻqilmoqda.

Mamlakat rahbari Shayx Xasina muxolifatdagi Bangladesh millatchilar partiyasini vaziyatni beqarorlashtirganlikda aybladi. huquq-tartibot idoralari partiyaning talabalar qanoti faollarini hibsga olishni boshladi.

Mavzuga aloqador