Xalqaro hayot

  • BAA juma kunini dam olish kuni qilishni rejalashtirmoqda

    BAA hukumati mamlakat miqyosida juma kunini dam olish kuni deb eʻʻlon qilish hamda ish soatlarini 9 soatdan 7 soatga qisqartirish imkoniyatlarini oʻrganib chiqmoqda. Mutaxassislar ish kunlari va soatlarining qisqarishi ish unumdorligiga salbiy taʻʻsir koʻrsatmasligi, aksincha, ishchilarni vaqtdan samarali foydalanishga sabab boʻlishini taʻʻkidlamoqda.

    Davomini o'qish...
    1169
    17.08.2024 11:33
  • Gʻazodagi urush Isroil iqtisodiyotini qanday taʻʻsir koʻrsatmoqda?

    Gʻazo sektoridagi urush Isroil iqtisodiyotiga 250 milliard shekeldan (67,3 milliard dollar) koʻproq zarar keltirdi. Byudjet taqchilligi iyulʻ oyida 8,1 foiz yoki 155 milliard shekelni (41,8 milliard dollar) tashkil etdi. Mamlakat tashqi qarzi oʻrta istiqbolda YaIMning 70 foizidan oshishi kutilmoqda.

    Davomini o'qish...
    918
    17.08.2024 08:51
  • Bosqinchilik urushlari Er sayyorasi uchun eng katta xavfdir

    Umuman olganda, dunyo boʻylab harbiylar global issiqxona gazlari chiqindilarining yillik 5,5 foiziga sababchidir - bu aviatsiya va yuk tashish sanoatinikidan ham koʻproq. Yaqinda Londondagi Qirolicha Meri universiteti xodimlari Gʻazodagi soʻnggi qirgʻinning dastlabki 120 kunida hosil boʻlgan vayronalar 26 ta davlatning yillik chiqindilaridan koʻproq, degan xulosaga kelishdi – London Qirolicha Meri universiteti tadqiqotchilari maqolasidan.

    Davomini o'qish...
    523
    16.08.2024 17:35
  • JSST maymunchechak virusi tarqalishiga qarshi birgalikda kurashga chaqiradi

    Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adhanom Gebreesus Shvetsiyada Afrika mintaqasidan tashqarida birinchi marta halokatli virusni yuqtirish holati aniqlanganidan keyin barcha mamlakatlarni ushbu virus tarqalishiga qarshi nazoratni kuchaytirishga chaqirdi.

    Davomini o'qish...
    567
    16.08.2024 16:37
  • Tramp Isroil hududini kengaytirish haqida bosh qotirishini maʻʻlum qildi

    Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donalʻd Tramp payshanba kuni antisemitizmga qarshi kurash boʻyicha oʻtkazilgan tadbirda nutq soʻzladi. Tramp oʻz nutqi davomida Falastin tarafdori namoyishchilarni «kallakesarlar» deb atadi, yahudiyga turmushga chiqqan Kamala Xarrisni “Isroil va yahudiylarni yoʻq qilmoqchi boʻlgan kuchlar nomzodi” dedi va Isroil hududining kengayishi haqida oʻylashini maʻʻlum qildi.

    Davomini o'qish...
    669
    16.08.2024 15:34
  • Bombalanayotgan Gʻazo: 315-kunning asosiy voqealari

    Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 315ikun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

    Davomini o'qish...
    596
    16.08.2024 14:25
  • Oʻzbekistonliklar Ukrainada kompaniya tashkil etish boʻyicha ikkinchi

    Qariyb ikki yildan buyon urush davom etayotgan Ukrainada oʻzbekistonliklar yangi kompaniya tashkil etganlar orasida turklardan keyin ikkinchi boʻldi. 2022 yil martidan buyon oʻzbek tadbirkorlari 312 ta kompaniyaga asos soldi. Turklar – 396 ta. Shuningdek, Ukraina poytaxtida eng koʻp Oʻzbekiston fuqarolari tadbirkorlik faoliyatini tashkil etgan – 175 ta kompaniya.

    Davomini o'qish...
    647
    16.08.2024 11:18
  • Ukraina Rossiyaning Kursk viloyatida harbiy komendatura tashkil etdi

    Ukraina “qonuniy tartibni saqlash va aholining ustuvor ehtiyojlarini taʻʻminlash” maqsadida Rossiyaning Kursk viloyati hududida harbiy komendatura tashkil etdi. Shuningdek, Kurskda “bufer hudud” barpo etish rejasi maʻʻlum qilinib, insonparvarlik yordamiga muhtoj yoki Ukrainaga koʻchib oʻtishni istagan rossiyaliklarga telefon yoki elektron pochta orqali bogʻlanish aytildi.

    Davomini o'qish...
    584
    16.08.2024 08:47
  • Tunis prezidentligiga nomzodini qoʻymoqchi boʻlgan reper sirtdan qamoq jazosiga tortildi

    Oktyabrda boʻlib oʻtadigan Tunis prezidentligiga saylovlarda oʻz nomzodini qoʻymoqchi boʻlgan K2Rhym nomi bilan mashhur tunislik reper Karim Garbi hujjatlarni qalbakilashtirish aybi bilan sirtdan 4 yil qamoq jazosi va 1600 dollar jarimaga tortildi.

    Davomini o'qish...
    680
    16.08.2024 08:01
  • Kamala Xarris musulmonlar orasidagi obroʻsini yaxshilashga harakat qilmoqda

    AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarrisning saylov kampaniyasi musulmon va arab saylovchilar bilan ishlash uchun maslahatchi yolladi. U avval Oq uy xodimlarida musulmonlar, arablar va Gʻazo bilan bogʻliq masalalar, shuningdek, reproduktiv huquqlar, ovoz berish va demokratiya masalalari boʻyicha maslahatchi boʻlib ishlagan Nasrina Bargzi boʻldi.

    Davomini o'qish...
    673
    15.08.2024 17:27