BAA juma kunini dam olish kuni qilishni rejalashtirmoqda
BAA hukumati mamlakat miqyosida juma kunini dam olish kuni deb eʻʻlon qilish hamda ish soatlarini 9 soatdan 7 soatga qisqartirish imkoniyatlarini oʻrganib chiqmoqda. Mutaxassislar ish kunlari va soatlarining qisqarishi ish unumdorligiga salbiy taʻʻsir koʻrsatmasligi, aksincha, ishchilarni vaqtdan samarali foydalanishga sabab boʻlishini taʻʻkidlamoqda.
BAA
rasmiylari ish haftasini yanada qisqartirish imkoniyatini oʻrganib chiqmoqda, deya
xabar beradi Al-Arabiya.
Uch yil oldin Dubayda ishchilar jamoat boʻlib oʻqiladigan juma namoziga
oʻz vaqtida kelishlari uchun juma ish kuni ikki barobarga qisqartirilgan edi. 2022 yilda
Sharjada ish haftasi 4 kunga qisqartirildi va juma kunlari dam olish kuni deb
eʻʻlon qilindi.
12 avgust kuni Dubay hukumati fuqarolarga yozda 40 darajadan
oshib ketadigan jaziramada ishlash qiyin boʻlganligi sababli davlat xizmatchilari
uchun 30 sentyabrgacha yozgi mavsumda toʻrt kunlik ish haftasini joriy qildi.
BAA rasmiylari hozirda ish vaqtining qisqarishi natijalarini oʻrganib chiqmoqda va butun
mamlakat boʻylab toʻrt kunlik ish haftasini uzaytirish, shuningdek, ish kunini 9
soatdan 7 soatgacha qisqartirish masalasini koʻrib chiqmoqda.
Madison Pearl rekruting agentligi direktori Mursalin Xavaja
bu istiqbolga ijobiy qaramoqda.
Uning fikricha, ish vaqtining qisqarishi "ishchilarga mehnat
unumdorligiga hech qanday taʻʻsir qilmasdan ijobiy psixologik taʻʻsir koʻrsatdi,
chunki ishchilar vaqtdan unumliroq foydalana boshladilar".