16.08.2024 08:01

Tunis prezidentligiga nomzodini qoʻymoqchi boʻlgan reper sirtdan qamoq jazosiga tortildi

Oktyabrda boʻlib oʻtadigan Tunis prezidentligiga saylovlarda oʻz nomzodini qoʻymoqchi boʻlgan K2Rhym nomi bilan mashhur tunislik reper Karim Garbi hujjatlarni qalbakilashtirish aybi bilan sirtdan 4 yil qamoq jazosi va 1600 dollar jarimaga tortildi.

K2Rhym nomi bilan mashhur tunislik reper Karim Gʻarbining mamlakat prezidenti lavozimiga nomzodini qoʻyishga urinishi uning uchun noxush oqibatlarga olib keldi, deb yozdi AFP.

Xonanda tomonidan koʻrsatilgan imzolar soxta ekanligi aniqlanib, nomzodning oʻzi hujjatlarni qalbakilashtirish uchun sirtdan 4 yil qamoq va 5000 dinor (1600 dollar) miqdorida jarimaga tortildi.

Karim Garbi sobiq prezident Zina al-Abidin Bin Alining asrab olingan oʻgʻli boʻlib, doimiy ravishda xorijda yashaydi.

U oktyabrʻ oyida Tunisdagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish niyatida edi. Bunga erishish uchun oʻz vatanida saylovchilar oldida obroʻsini tiklashga kirishdi. U koʻplab xayriya tadbirlari tashkilotchisi boʻldi, boshpanalarga tashrif buyurdi, kam taʻʻminlangan oilalarga, maktab va shifoxonalarga yordam berdi.

Saylov komissiyasi uni nomzod sifatida roʻyxatga olishdan bosh tortgach, reper: “Nimadan qoʻrqasiz? Saylov qutisidanmi? Lekin, unday boʻlsa, saylovlarni nega oʻtkazish kerak oʻzi?” dedi.

Xonandaga imzo toʻplashda yordam bergan ayollar imzo qoʻyganlarga naqd pul va sovgʻa berganlari uchun 2 yildan 4 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi.

Bungacha bir qancha muxolifatchi siyosatchilar ham nomzod sifatida roʻyxatdan oʻta olmaganliklaridan shikoyat qilishdi. Ayni damda amaldagi prezident Kays Saidga raqib sifatida tasdiqlangan yagona shaxslar parlament aʻʻzosi Zuxayr Mahzaviy va kichik liberal partiya rahbari Ayaxi Zammeldir.

Mavzuga aloqador