16.08.2024 16:37

JSST maymunchechak virusi tarqalishiga qarshi birgalikda kurashga chaqiradi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adhanom Gebreesus Shvetsiyada Afrika mintaqasidan tashqarida birinchi marta halokatli virusni yuqtirish holati aniqlanganidan keyin barcha mamlakatlarni ushbu virus tarqalishiga qarshi nazoratni kuchaytirishga chaqirdi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adhanom Gebreesus mpox virusidan jabrlangan mamlakatlarni birgalikda harakat qilishga chaqirdi. Gebreesus Shvetsiyada Afrika mintaqasidan tashqarida birinchi marta halokatli virusni yuqtirish holati aniqlanganidan keyin ushbu chaqiriq bilan chiqdi.

X platformasida JSST rahbari barcha mamlakatlarni nazoratni kuchaytirishga, maʻʻlumotlar almashishga va virus qanday tarqalayotganini yaxshiroq tushunishga chaqirdi.

Gebreesus mamlakatlarni vakttsinalar kabi vositalarni almashishga va hozirgi epidemiyaga qarshi kurashda xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan avvalgi sogʻliqni saqlash favqulodda vaziyatlaridan olingan saboqlarni qoʻllashga chaqirdi.

JSST rahbari 14 avgust kuni Kongo Demokratik Respublikasi va Afrikaning boshqa koʻplab mamlakatlarida virus bilan kasallanish holatlarining keskin oʻsishi xalqaro miqyosda sogʻliqni saqlash sohasidagi favqulodda holatni vujudga keltirishini eʻʻlon qilgandi.

Hayvonlardan ham, odamlardan ham yuqadi

Mutaxassislarning maʻʻlum qilishicha, maymunchechak virusi sichqon va olmaxon kabi kemiruvchilardan yoki kasal odamlardan yuqadi.

Infektsiyaning eng keng tarqalgan sabablari tanadagi toshmaga teginish, zararlangan kiyim, choyshab va shunga oʻxshash narsalarni ishlatish va tana suyuqliklari bilan aloqa qilishdir.

Birinchi alomatlar virusni yuqtirganidan keyin 5-21 kun ichida paydo boʻlishi mumkin. Virus yuqori isitma, bosh ogʻrigʻi va mushak ogʻrigʻi, limfa tugunlarining shishishi, charchoq, titroq va suvchechakka oʻxshash teri pufakchalarini keltirib chiqaradi.

Muayyan davolash usuliga ega boʻlmagan kasallik antiviral preparatlar bilan davolanadi.

Koʻpgina hollarda kasallik engil kechadi va tiklanish bir necha hafta ichida sodir boʻladi.

Maymunchechak virusi birinchi marta 1958 yilda Daniyada laboratoriya maymunlarida topilgan, 1970 yilda Kongoda toʻqqiz oylik bolada qayd etilgan.

2022 yilgacha u "maymunchechak" deb nomlangan. 2022 yilda JSST irqchilik va diskriminatsiya bilan bogʻliq xavotirlar tufayli virus nomini «mpox»ga oʻzgartirdi.

Mavzuga aloqador