16.08.2024 08:47

Ukraina Rossiyaning Kursk viloyatida harbiy komendatura tashkil etdi

Ukraina “qonuniy tartibni saqlash va aholining ustuvor ehtiyojlarini taʻʻminlash” maqsadida Rossiyaning Kursk viloyati hududida harbiy komendatura tashkil etdi. Shuningdek, Kurskda “bufer hudud” barpo etish rejasi maʻʻlum qilinib, insonparvarlik yordamiga muhtoj yoki Ukrainaga koʻchib oʻtishni istagan rossiyaliklarga telefon yoki elektron pochta orqali bogʻlanish aytildi.

Ukraina Rossiyaning Kursk viloyatida harbiy komendatura tashkil etdi, deya xabar qildi Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh qoʻmondoni Aleksandr Sirskiy.

Ukraina rasmiysining soʻzlariga, komendatura "qonuniy tartibni saqlash va aholining ustuvor ehtiyojlarini taʻʻminlash" uchun yaratilgan. Uning rahbari etib general-mayor Eduard Moskalev tayinlandi.

Avvalroq Ukraina reintegratsiyasi boʻyicha vaziri Irina Vereshchuk harbiylar bilan Kursk viloyatidan Sumiga tinch aholi uchun gumanitar koridorning ehtimoliy yoʻnalishi ishlab chiqilayotganini maʻʻlum qilgandi.

Shuningdek, u Ukraina Kursk viloyatida "xavfsizlik zonasi" yaratishni rejalashtirayotganini va "Rossiya mintaqasining qoʻshni hududlarida gumanitar vaziyatning yomonlashishi mumkinligi sababli" ruslarni qabul qilishga tayyor boʻlishi kerakligini aytdi. Uning vazirligi gumanitar yordamga muhtoj yoki “Ukrainaga evakuatsiya qilmoqchi boʻlgan” Rossiya viloyati aholisini telefon yoki elektron pochta orqali bogʻlanishga chaqirdi.

Mavzuga aloqador