Xalqaro hayot
Shveytsariyada Sudanda tinchlik oʻrnatish boʻyicha muzokaralar boshlandi
Shveytsariyadagi nomaʻʻlum joyda yopiq eshiklar ortida AQSh shafeligida Sudan hukumatining ishtirokisiz ushbu mamlakatda tinchlik oʻrnatish boʻyicha 10 kunlik muzokaralar boshlandi. Muzokaralarda Saudiya Arabistoni, AQSh, Shveytsariya, BAA, Misr, Afrika Ittifoqi va BMT vakillari qatnashmoqda.
Davomini o'qish...58915.08.2024 16:36Gʻazodagi urushda 10056 ta Isroil askari ruhiy va jismoniy jarohat oldi
Gʻazoda qatliom uyushtirayotgan Isroil askarlaridan 10 mingdan ziyodi turli jarohatlar, shuningdek, ruhiy buzilishlar bilan Mudofaa vazirligi Reabilitatsiya boshqarmasiga murojaat qilgan. Bosqinchi armiya askarlari asosan tashvish, ruhiy tushkunlik, jarohatdan keyingi qiyinchiliklar, moslashish va muloqotdagi muammolardan shikoyat qilgan. 3700 dan ortigʻi esa bosh, qoʻl-oyoq va koʻzidan jarohat olgan.
Davomini o'qish...54015.08.2024 15:58Kursk viloyatida yana yuzdan ortiq rus askari asirga olindi
Rossiyaning Kursk viloyatiga bostirib kirgan ukrain qoʻshinlari 14 kuni bir martada 102 nafar rus harbiylarini asirga tushirdi. Ukraina Xavfsizlik xizmatining “razvedka boshqarmasi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan maxsus operatsiya chogʻida Rossiya Qurolli Kuchlarining 488-gvardiya motooʻqchilar polki va chechenistonliklardan iborat “Axmat” boʻlinmasi askarlari taslim boʻlgan.
Davomini o'qish...68915.08.2024 14:34Bombalanayotgan Gʻazo: 314-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 314 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Davomini o'qish...58315.08.2024 13:40Rossiyada ajralishlar soni nikohlar sonidan oshib ketdi
Rossiyada joriy yilning dastlabki uch oyida 145 mingta nikoh va 160 mingta ajralish qayd etildi. Mutaxassislarning taʻʻkidlashicha, ajralishlarga moddiy muammolar emas, koʻproq er-xotin oʻrtasida ruhiy rishtalarning zaifligi, bir-biriga moslashish va muzokara oʻtkazish qobiliyatining yoʻqligi sabab boʻlmoqda. Shuningdek, 30 yoshgacha turmush qurganlar orasida ajrashish kamligi kuzatilmoqda.
Davomini o'qish...109415.08.2024 12:38Yaponiya musulmon sayyohlar uchun eshiklarini ochmoqda
Yaponiya sayyohlik agentligi xorijlik sayyohlarning diniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda, halol va vegetarian taomlar oʻrin olgan taomnomalarni ishlab chiqish, shuningdek, turizm obʻʻektlarida namozxonalar tashkil etish boʻyicha xududlarni qoʻllab-quvvatlash dasturini ishga tushirdi.
Davomini o'qish...63415.08.2024 10:53Afgʻoniston amerikaliklar ketganining 3 yilligini parad bilan nishonladi
15 avgust kuni AQSh boshchiligidagi Gʻarb qoʻshinlari Afgʻonistonni tark etib, hokimiyat Tolibon qoʻliga oʻtganiga uch yil toʻldi. Shu munosabat bilan 20 yil davomida AQShning asosiy operatsiyadariga tayanch boʻlib xizmat qilgan sobiq "Bagram" bazasida harbiy parad oʻtkazildi. Unda SSSR va Gʻarbdan tortib olingan harbiy texnikalardan foydalanildi.
Davomini o'qish...68515.08.2024 09:53Tailand bosh vaziri muqaddam sudlangan shaxsni ishga olgani uchun lavozimidan ozod qilindi
Tailand bosh vaziri Settha Thavisin 2008 yilda korruptsiya bilan bogʻliq jinoyatda aylanib, 6 oyga qamalgan advokatni Vazirlar Mahkamasiga ishga olgani uchun lavozimidan chetlashtirildi.
Davomini o'qish...48515.08.2024 08:43JSST maymunchechak tufayli favqulodda holat eʻʻlon qildi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mpox – maymunchechak infektsiyasi tarqalishini jahon miqyosida favqulodda holat deb eʻʻlon qildi. Yil boshidan buyon Afrikaning 18 ta davlatida 15 mingdan ortiq holat, 461 ta oʻlim qayd etilgan. JSST infektsiya boshqa qitʻʻalarga ham tarqalishidan xavotirda.
Davomini o'qish...77615.08.2024 07:58Fitch Isroil reytingini «A»ga tushirdi; prognoz «salbiy»
Fitch mojaro 2025 yilgacha davom etishi, boshqa jabhalarda kengayishi, harbiy xarajatlar va qarz yuklarining yanada oshishiga olib kelishidan xavotirda. Agentlikning ogohlantirishicha, mojaro insoniy xarajatlardan tashqari, infratuzilma vayron boʻlishiga va uzoq muddatli iqtisodiy oqibatlarga, jumladan, sarmoya va sanoat faolligining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Davomini o'qish...61914.08.2024 18:29