Bombalanayotgan Gʻazo: 315-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 315ikun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️ Bosqinchilar Gʻazo markazi, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga
hujum qildi. 24 soat ichida 40 kishi shahid boʻldi.
▪️Gʻarbiy Sohilda 100 yahudiy koʻchmanchi Qalqilya sharqidagi Jit
qishlogʻiga hujum qildi.
Bezorilar niqob va qurollar bilan bostirib kirib, uylar va mashinalarni yoqib
yuborishdi. Terrorchilarning oʻqlaridan 1 kishi halok boʻldi, 5 kishi yaralandi.
▪️Hizbulloh Isroilning Al-Marj harbiy obʻʻektini bombardimon qildi. Jalilaning
yuqori qismida yongʻinlar boshlandi.
▪️Al-Quds brigadalari: Katta kalibrli minomyotlar bilan
Xon-Yunisda dushman texnikasi va askarlariga hujum qildik.
▪️Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi: 10 oylik genotsid davomida
oʻlganlar soni 40 ming kishidan oshdi. Ularning 33 foizini bolalar, 18 foizini
ayollar tashkil etadi.
▪️Husiylar: Amerika-Britaniya samolyotlari Hudeyda shimolidagi
Al-Salif hududiga hujum qildi.
▪️Pentagon: Yaqin Sharqda AQShning 40 ming harbiy xizmatchisi
bor. Odatiy davrlarda ular
soni 34 ming nafarni tashkil etardi.