Oʻzbekistonliklar Ukrainada kompaniya tashkil etish boʻyicha ikkinchi
Qariyb ikki yildan buyon urush davom etayotgan Ukrainada oʻzbekistonliklar yangi kompaniya tashkil etganlar orasida turklardan keyin ikkinchi boʻldi. 2022 yil martidan buyon oʻzbek tadbirkorlari 312 ta kompaniyaga asos soldi. Turklar – 396 ta. Shuningdek, Ukraina poytaxtida eng koʻp Oʻzbekiston fuqarolari tadbirkorlik faoliyatini tashkil etgan – 175 ta kompaniya.
2022 yil mart oyidan beri Ukrainada 101 mamlakatdan kelgan
xorijliklar 3075 ta kompaniyaga asos soldi. Bu haqda
Ukrainaning “Opendatabot” ochiq maʻʻlumotlar portalida soʻz
boradi.
Urush
davom etayotganiga qaramasdan, Ukrainada eng koʻp turk tadbirkorlari tomonidan
kompaniyalar tashkil etilgan. Ular shu davrda ochilgan 396 ta kompaniyaga toʻliq yoki
qisman egalik qilib kelmoqda. Bu yangi xorijiy tadbirkorlik
subʻʻektlarining umumiy sonining 12,9 foizini tashkil etadi.
Oʻzbekistonliklar
esa 312 ta kompaniya (jami koʻrsatkichning 10,1 foizi) bilan ikkinchi
oʻrinda. Polʻsha
fuqarolari kuchli uchlikni yopdi – 224 ta korxona yoki 7,3%.
Shuningdek, kuchli oʻntalikka AQSh, Qozogʻiston, Germaniya,
Ozarbayjon, Isroil, Britaniya va Xitoy fuqarolari kirgan.
Bundan tashqari, mulkdorlari xorijliklar boʻlgan kompaniyalarning qariyb yarmi poytaxt Kievda roʻyxatga
olingan – 1517 ta. Ukraina
poytaxtida eng koʻp Oʻzbekiston fuqarolari tadbirkorlik faoliyatini tashkil etgan –
175 ta kompaniya.
Keyingi
oʻrinda Lʻvov viloyati - 460 ta korxona: ushbu hududga eng koʻp Polʻshadan kelgan
chet elliklar joylashgan (105 kompaniya). Odessa viloyati ham kuchli uchlikka
kirdi - 273 ta kompaniya. Ushbu mintaqada kompaniyalarni koʻpincha Turkiya fuqarolari
tashkil qilgan - 99 ta
korxona.
Xorijiy mulkdorlarga ega kompaniyalarning eng katta qismi
ulgurji savdo bilan shugʻullanadi - 30,7 foiz, koʻchmas mulk bilan operatsiyalar - 6,7 foiz va kompʻyuter dasturlash - 5,8 foiz.