20.06.2024 14:51
707
Bombalanayotgan Gʻazo: 258-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 258 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Nusayrat va Burayj, Rafah va Xon Yunis lagerlariga hujum qildi. 30 dan ortiq odam halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon shahid boʻlganlar soni 37396 nafarga etdi.
▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Xalil, Nablus va Tulkarmga bostirib kirishdi. Bosqinchilar Falastin qonunchilik kengashi raisi Aziz Duikni ozod qilinganidan bir necha kun oʻtgach, yana hibsga oldi.
▪️Al-Qassam brigadalari: Biz Havlit qishlogʻida dushman kuchlari tomon "Zvari" xudkush samolyotini muvaffaqiyatli uchirdik.
▪️Hizbulloh: Falastin bilan chegarada bosqinchilar qoʻshini joylashtirilishiga qarshi 9 ta harbiy amaliyot oʻtkazdik.
▪️Bosqinchilar Karem Shalom nazorat punkti yaqinida gumanitar yordam kutayotgan odamlarga hujum qildi. Toʻqqiz falastinlik halok boʻldi, 30 dan ortigʻi yaralandi.
▪️AQSh oʻzining eng qimmat samolyot tashuvchisi Gerald R. Ford va unga hamroh boʻlgan flotini Oʻrta er dengiziga, Hayfa qirgʻoqlariga joʻnatdi.
▪️AQShning Livandagi maxsus vakili: Isroil va Hizbulloh oʻrtasidagi taranglikni yumshatish boʻyicha diplomatik harakatlar rasman muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
▪️Reuters: Husiylar tomonidan foydalaniladigan masofadan boshqariluvchi qayiqlardan himoyalanish qiyin va ular suv chizigʻiga etib borganida yanada halokatliroq boʻladi.