21.06.2024 09:31
793
Misr Gʻazo sektoriga tinchlikparvar kuchlarini yuborishga tayyor
Rasmiy Qohira Isroil armiyasi oʻz qoʻshinlarini toʻliq olib chiqib ketishi sharti bilan Gʻazo sektoriga kiradigan BMT boshchiligidagi arab kuchlari kontingentiga oʻz harbiylarini qoʻshishga tayyor. Bu haqda Qatarning "Al-Araby Al-Jadeed" gazetasi xabar berdi.
Manbaga koʻra, bu kuchlar “Falastin hukumati anklavdagi vaziyatni nazoratga olgunicha” sektorda qoladi.
Avvalroq Isroil armiyasi bosh shtabi boshligʻi bir qancha arab davlatlaridan kelgan mavqedoshlari bilan Bahraynda uchrashib, bu haqda gaplashib olgan edi.
Nashrning yozishicha, Qohira mintaqadagi biror bir davlatga, jumladan Eronga qarshi qaratilgan harbiy harakatlarda qatnashmaslikka qaror qilgan.
"Misr harbiylari bu harakat davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid solishini hisobga olib, mintaqadagi tomonlar bilan maʻʻlumot va koordinatalar almashishni nazarda tutadigan hech qanday jarayonda ishtirok etmaydi", deb yozadi gazeta.