21.06.2024 08:54
Mashhur MMA jangchisi Jeff Monson Islomni qabul qildi
Asosan musulmonlar yashaydigan davlatlarda islomiy qadriyatlar taqiqlanayotgan bir paytda, Islom dinidagi goʻzal odatlardan taʻʻsirlangan MMA jangchisi Jeff Monson musulmon boʻldi. Uning Islomni qabul qilish marosimi kecha, 20 iyunʻ kuni Moskvada boʻlib oʻtdi. Bu haqda taniqli siyosatshunos Sergey Markov oʻzining Telegram-kanalida maʻʻlum qildi.
Eʻʻlon qilingan videotasvirlarda asli amerikalik MMA jangchisi koʻpchilikning guvohligida shahodat kalimasini aytgan. Mashhur sportchining Islomni qabul qilishiga bagʻishlangan ziyofat Qurbon Hayitiga toʻgʻri keldi. Monson shahodatni aytishidan oldin nega bunday qarorga kelganini tushuntirdi. Uning taʻʻkidlashicha, jangchi butun umri davomida Xudoni izlagan, koʻp sayohat qilgan, Islom bilan tanishishdan oldin turli diniy taʻʻlimotlarni oʻrgangan. Bu din uni chuqur axloqiy qadriyatlari bilan hayratda qoldirgan.
"Biz nafaqat yordamga muhtoj odamlarga, balki barchaga yaxshilik qilishimiz kerakligi meni hayratda qoldirdi. Islomda odamlar oʻz oilalariga, yosh bolalarga, shu bilan birga oʻziga ham gʻamxoʻrlik qilishi, musulmonlar bir-biriga elkadosh boʻlishi keltirilgan. Islom meni hayotga boʻlgan munosabatimni oʻzgartirdi. Va butun hayotimni bu dinga bagʻishlashga qaror qildim", – degan sportchi.
Shuningdek, u koʻplab azob-uqubatlar va qiyinchiliklarga qaramay sinmayotgan Falastin xalqining bardoshiga qoyil qolganini ham bildirgan.
Maʻʻlumot uchun, Monson qariyb 10 yil oldin AQShdan Rossiyaga koʻchib oʻtgan. U 2018 yilda beri Rossiya fuqarosi hisoblanadi.