21.06.2024 07:33

Tojikistonda hijob va bolalarning hayit bayramlarini nishonlashi taqiqlandi

Tojkiston parlamentining yuqori palatasi qonunchilikka hijob hamda Islomning ikki bayrami – Ramazon va Qurbon hayitlarida bolalarning “Idgardak”anʻʻanaviy bolalar sayllarini nishonlashni taqiqlovchi tuzatishlarni maʻʻqulladi.

Tojikiston parlamentining yuqori palatasi chorshanba kuni “Anʻʻanalar va marosimlar toʻgʻrisida”gi qonunga islomning ikki bayrami – Ramazon va Qurbon hayiti kunlarida «Idgardak» anʻʻanaviy bolalar sayllarini oʻtkazishni taqiqlovchi tuzatishlarni maʻʻqulladi.

Qayd etilishicha, bir necha yil avval Tojikiston Ulamolar kengashi mahalliy «Idgardak» anʻʻanasini, yaʻʻni bolalarning roʻza va haj tugashi munosabati bilan uyma-uy yurib, shirinliklar olishini diniy meʻʻyorlarga zid deb fatvo bergan edi.

Bolalarning islom bayramlarini nishonlashiga oid qonunchilik bilan bir qatorda, “milliy madaniyatga yot kiyimlarni olib kirish, sotish va jamoat joylarida kiyishni” taqiqlovchi “begona kiyimlar” kiyishni taqiqlash ham tasdiqlandi.

“Barcha qonunlar belgilangan tartibda qabul qilindi”, dedi chorshanba kuni Ozodi radiosiga Majlis Milliy matbuot kotibi Navroʻz Qurbonzoda.

ASIA-Plus  nashrining xabar berishicha, qonun qaysi turdagi kiyimlar “milliy madaniyatga yot” deb topilishi va sotish va kiyish taqiqlanishini aniq tartibga solmagan, biroq joriy yilning mart oyida mamlakat prezidenti Emomali Rahmon tojik din arboblari bilan uchrashuvda hijob va satrni begona kiyimlar roʻyxatiga kiritgandi.

“Kiyimda yot madaniyatga taqlid qilish, yaʻʻni birovning satr va hijob deb atalmish kiyimini kiyish jamiyatimiz uchun yana bir dolzarb muammodir, - degandi Tojikiston prezidenti. - Kiyinish odob-axloqi va urf-odatlarini begonalashtirish madaniyat mustaqilligi va millatning milliy-madaniy oʻziga xosligiga putur etkazuvchi madaniy begonalashuvdir”.

Mavzuga aloqador