21.06.2024 10:30

Yaponiya Oʻzbekistondagi kompaniyaga sanktsiya qoʻlladi

20 iyunʻ kuni Yaponiya Rossiyaga qarshi jazo choralari doirasida Oʻzbekiston, Xitoy, Hindiston, Qozogʻiston va BAA kompaniyalarini qora roʻyxatga kiritdi. Qaror rasman Yaponiya Vazirlar Mahkamasi tomonidan eʻʻlon qilingan. 
Unga koʻra, Rossiyaning urushini qoʻllashda yoki bilvosita taʻʻminlashda ayblangan Rossiyadagi 11 nafar jismoniy shaxs va 42 ta kompaniyaga nisbatan cheklovlar kiritilgan.
Sanktsiyalar roʻyxatining dastlabki oʻrinlaridan Rossiya Markaziy saylov komissiyasi kotibi Natalya Budarina va komissiyaning yana besh aʻʻzosi, shuningdek, “Taktik raketalar” korporatsiyasi rahbari Boris Obnosov, “Uralvagonzavod” bosh direktori Aleksandr Potapov va “Soyuz” samolyot dvigatellari ilmiy-texnika majmuasi bosh konstruktori Mkrtich Okroyanlar joy egallagan.
Qora roʻyxatga kiritilgan kompaniyalar orasida rossiyalik olmos qazib oluvchi “Alrosa” birlashmasi, shuningdek, “Tupolev” va “Ilyushin” samolyot ishlab chiqaruvchilari ham bor.
Yaponiya hukumati oʻz navbatida, Rossiya Federal yadro markazi, Chelyabinsk traktor zavodi, Degtyaryov zavodi, Ijevsk-Kupol elektromexanika zavodi, Perm porox zavodi kabi bir qancha mashinasozlik va mudofaa sohasi kompaniyalari hamda Nijniy Novgoroddagi “Gʻalabaning 70 yilligi”, Arzamas zavodi, Almaz Antey kontsernining shimoliy-gʻarbiy mintaqaviy markazi Obuxovskiy harbiy zavodlariga ham cheklov kiritgan. Ushbu birlashmalarning aktivlari Yaponiyada aniqlanadigan boʻlsa, bloklanishi maʻʻlum qilingan.
Sanktsiyalar roʻyxatiga bir qator tadqiqot muassasalari ham kiritilgan. Xususan, “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasi, “Vega” radiotexnika korporatsiyasi, “Vniir-Progress” ilmiy-tadqiqot instituti, "Geomir" muhandislik markazi va boshqalarga eksport cheklovlari joriy etilgan.
Yaponiya sanktsiyalari Rossiyaga aloqador xorijiy kompaniyalar – Xitoy, BAA, Hindiston, Qozogʻiston kompaniyalari, shu bilan birga Oʻzbekistonning Mvizion MChJ kompaniyasi ham bor.
Maʻʻlumot oʻrnida, Mvizion MChJ kompaniyasi elektron va telekommunikatsion uskunalar va ularning ehtiyot qismlari ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi birlashma hisoblanadi. Ushbu kompaniya davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tarkibiga kirmagan tadbirkorlik subʻʻekti hisoblanadi. Tashkilot 2022 yilning 14 iyunida Davlat xizmatlari markazida roʻyxatdan oʻtgan.

Mavzuga aloqador