21.06.2024 15:43
712
Bombalanayotgan Gʻazo: 259-kunning asosiy voqealari
Bombalanayotgan Gʻazo: 259-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 259 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Xon Yunusda koʻchirilganlarning chodirlariga, Rafah, Dayr al-Baloh va Nusayrat lageridagi turar-joy binolariga hujum qildi. Oʻnlab odamlar halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon shahid boʻlganlar 37431 nafarga etdi.
▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Ramallah, Nablus va Qalkiliyaga hujum qildi. 3 falastinlik halok boʻldi, ulardan biri bola. Oʻnlab odamlar hibsga olingan.
▪️Al-Qassam brigadalari Rafahdagi pistirma paytida 2 ta "Merkava" tanki va ikkita "Eitan" zirhli transportyorini ekipaji bilan birga portlatib yubordi. Ular, shuningdek, pistirmaga duch kelgan yarador bosqinchilarni evakuatsiya qilish uchun yuborilgan vertolyotlarni ham ortiga qaytishga majbur qilishgan.
▪️Sionistlarning nashrlari "Rafahdagi Shabura lagerida jiddiy voqea sodir boʻldi", deb jar solishmoqda. Oʻlganlar soni aniqlanmagan. Mustaqil ekspertlar kamida 35 sionist askari yoʻqotilganini aytmoqda.
▪️"Reuters": Blinken Isroilni Hizbulloh bilan ziddiyat kuchayib ketishiga yoʻl qoʻymaslikka chaqirdi.
▪️"The Guardian": Isroil armiyasi Gʻarbiy Sohildagi qonuniy vakolatlarini koʻchmanchilarni qoʻllab-quvvatlovchi amaldorlarga topshirdi.
▪️BMT: Biz qurol ishlab chiqaruvchilarni Isroilga qurol etkazib berishdan ogohlantiramiz. Bu ularni Gʻazoda sodir etilayotgan xalqaro huquqbuzarliklarga sherik qiladi.