25.06.2024 13:04

Endi bolasini noqonuniy diniy taʻʻlim olishga jalb qilgan ota-onalar javobgarlikka tortilishi mumkin




Oʻzbekistonda bolasini noqonuniy diniy taʻʻlim olishga jalb qilgan ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar maʻʻmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu haqdagi qonun loyihasi 25 iyunʻ kuni deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlarini yanada mustahkamlash boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

Qonun loyihasi bilan ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolani qonunga xilof ravishda diniy taʻʻlim olish jarayoniga jalb qilganlik uchun maʻʻmuriy javobgarlik belgilash, bunda Maʻʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasini (Bolalarni tarbiyalash va ularga taʻʻlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) qoʻshimcha bandlar bilan toʻldirish taklif etilmoqda.

Yaʻʻni, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan bola qonunga xilof ravishda diniy taʻʻlim olish jarayoniga jalb qilinsa, bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha jarimaga tortiladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʻʻmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha maʻʻmuriy qamoq jazosini tayinlash belgilanmoqda.

Shuningdek, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolani qonunga xilof ravishda diniy taʻʻlim olish jarayoniga jalb qilishga, yaʻʻni bolani roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki litsenziyaga ega boʻlmagan tashkilotlar yoxud maxsus diniy maʻʻlumoti boʻlmagan va diniy tashkilotlarning Oʻzbekiston boʻyicha markaziy boshqaruv organining ruxsatisiz diniy taʻʻlim berayotgan shaxslar ixtiyoriga diniy taʻʻlim olishi uchun topshirishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilab qoʻyilmoqda.

Mavzuga aloqador