25.06.2024 08:04

Frantsiya bosh vazir lavozimiga nomzod: Falastin davlatini tan olish terrorizmni tan olish degani

Frantsiya oʻng qanot Milliy birlashuv partiyasi etakchisi va bosh vazir lavozimiga nomzod Jordan Bardella Falastin davlatini tan olish terrorni tan olish bilan barobar, deya maʻʻlum qildi. U yahudiy vatandoshlariga Islomga qarshi qalqon boʻlishga vaʻʻda berdi.
Bugungi kunda Falastin davlatini tan olish terrorni tan olish bilan barobar, deya maʻʻlum qildi  Frantsiya oʻng qanot Milliy birlashuv partiyasi etakchisi va bosh vazir lavozimiga nomzod Jordan Bardella 24 iyunʻ, dushanba kuni.
 “Ikki davlat pozitsiyasi (Isroil va Falastin) 7 oktyabrʻ kuni HAMASning vahshiyliklari va hujumlaridan soʻng eskirdi. Falastin davlatini tan olish terrorizmni tan olishni anglatadi. Men yahudiy vatandoshlarimizga islomiylik qarshisida qalqon boʻlaman”, — dedi Frantsiya bosh vaziri lavozimiga nomzod Bardella.  
Oʻta oʻngchi siyosatchining qoʻshimcha qilishicha, u Ukrainaga frantsuz qoʻshinlarining yuborilishiga va Rossiya hududiga zarba bera oladigan uzoq masofali raketalarning etkazib berilishiga ham ruxsat bermaydi.
Eslatib oʻtamiz, 9 iyunʻ kuni Makron oʻzining Uygʻonish davri partiyasi Evropa parlamentiga saylovlarda magʻlubiyatga uchragach, Milliy assambleyani (parlament) tarqatib yuborish va muddatidan oldin saylovlar oʻtkazishga qaror qildi. Birinchi bosqich 30 iyunʻ kuni, ikkinchi davra esa 7 iyulʻ kuni boʻlib oʻtadi. 

Mavzuga aloqador