24.06.2024 08:00

Mirziyoev Putinga hamdardlik bildirdi



Prezident Shavkat Mirziyoev Darband va Mahachqalʻʻa shaharlarida sodir etilgan qurolli hujum oqibatida koʻplab huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari va fuqarolar qurbon boʻlgani munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga maktub yoʻllab, chuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda Sherzod Asadov maʻʻlum qildi.

"Oʻzbekiston etakchisi Dogʻistondagi terrorchilik hujumlarini qatʻʻiy qoraladi hamda ushbu tahdidlarga qarshi kurashda tegishli tuzilmalarning faol hamkorligini davom ettirishga tayyorligini bildirdi", – deyiladi Asadovning xabarida.

Maʻʻlumot uchun, 23 iyunʻ kuni Dogʻistonning Darband shahrida qurollangan nomaʻʻlum shaxslar sinagoga va cherkovga hujum qildi va politsiya xodimlariga oʻq uzdi. 

Milliy aksilterrorchilik qoʻmitasiga koʻra, tungi amaliyot davomida besh nafar jangchi oʻldirilgan.

Bungacha oʻldirilganlar soni olti nafar ekani xabar qilingandi – Mahachqalʻʻada toʻrt, Derbentda ikki kishi. Shu bilan birga, hujum qilganlar soni qancha boʻlgani haqida aniq maʻʻlumot yoʻq.

Qurbonlar va jarohatlanganlarning koʻpchiligi – politsiya xodimlari. Soʻnggi maʻʻlumotlarga koʻra, 15 nafar politsiyachi hamda tinch aholi vakillaridan kamida ikki kishi halok boʻlgan. Shifoxonalarga 16 kishi yotqizilgan.

Ushbu qurolli hujum ortidan Dogʻistonda uch kunlik motam eʻʻlon qilindi.

Mavzuga aloqador