25.06.2024 10:35
Dogʻistondagi qurolli hujum: halok boʻlganlarning aksariyati musulmonlar
Dogʻistonda sodir etilgan qurolli hujumlarda halok boʻlganlar va yaralanganlarning aksariyati musulmonlardir.
Baza telegram-kanali maʻʻlumotlariga koʻra, qurolli hujumda kamida besh nafar tinch aholi vakili jarohat olgan. Dogʻiston rahbari Sergey Melikov esa hujumni qaytarishda 15 dan ortiq xavfsizlik xodimlari, "Dagestanskie Ogni" shahri politsiya boʻlimi boshligʻi Mavluddin Xidirnabiev halok boʻlganini maʻʻlum qildi.
Shuningdek, qurbonlar orasida Derbentdagi cherkov bosh ruhoniysi, protoierey Nikolay Kotelnikov va cherkov qoʻriqchisi ham bor.
Milliy aksilterrorchilik qoʻmitasi amaliyot davomida cherkov, sinagog hamda politsiya postlariga hujum qilgan besh nafar qurolli shaxs oʻldirilganini maʻʻlum qilgan.
Dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, qurolli hujum Sergokalin tumani rahbari Magomed Umarovning ikki oʻgʻli va jiyani ishtirokidagi guruh tomonidan amalga oshirilgan. Soʻroq paytida sobiq amaldor qarindoshlaridan voz kechganini va oilasida hech kim ularni qoʻllab-quvvatlamaganini bildirgan. U allaqachon oʻz xohishiga koʻra lavozimidan ketish haqida ariza yozgan.
Rus pravoslav cherkovi rahbari patriarx Kirill Dogʻistondagi fojiani Rossiya dushmanlarining mamlakatdagi dinlararo bagʻrikenglikni yoʻq qilishga urinishi deb atagan.