-
Dogʻiston muftiyatining fatvo boʻlimi niqobni vaqtinchalik taqiqlash boʻyicha fatvo chiqardi. Unga koʻra, taqiq respublika aholisi xavfsizligiga tahdidlar mavjudligi sabab qilib koʻrsatildi va mazkur xavf-xatarlar bartaraf etilib, “yangi fatvo” chiqquniga qadar amalda boʻladi. Avvalroq Dogʻiston muftiyati niqobni butunlay taqiqlash uchun etarlicha islomiy asoslar topa olmaganini eʻʻlon qilgan, biroq anʻʻanaviy liboslarni kiyishni “mahalliy darajada taqiqlash”ga ruxsat bergandi.
-
Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim Indoneziya bilan birgalikda Gʻazoga tinchlikparvar kuchlarni yuborishga tayyorligini bildirdi. Buning uchun BMT ruxsati (mandati) talab qilinadi.
-
Isroil soʻnggi 24 soat ichida Gʻazo sektorida besh askari halok boʻlganini eʻʻlon qildi va mamlakat hukumati tomonidan oʻlgan deb tan olingan jami harbiylar soni 674 nafarga, 7 oktyabrdan beri yaralangan askarlar soni esa 9000 nafarga yaqinlashdi. Shuningdek, Isroil armiyasidagi nogiron askarlarning umumiy soni oʻtgan oy birinchi marta 70 mingdan oshdi, ularning 35 foizi ruhiy salomatlik muammolari va 21 foizi jismoniy jarohatlar tufayli davolanmoqda. Haqiqiy raqamlar rasmiy statistikadan karrasiga ziyod boʻlishi mumkin.
-
BMTning Oʻzboshimchalik bilan hibsga olish boʻyicha ishchi guruhi Pokistonni sobiq bosh vazirning oʻzboshimchalik bilan qamoqqa olinishi bilan bogʻliq holatlar boʻyicha toʻliq va mustaqil tergov oʻtkazilishini taʻʻminlashga chaqirdi.
-
Hindistonning Uttar-Pradesh shtati Hatras tumanidagi qishloqlardan birida mashhur voiz Bhole Babani tinglash uchun yigʻilgan olomon tiqilinch hosil qildi. Natijada eng kamidi 116 kishi halok boʻldi. Hukumat qurbonlar soni ortishi mumkinligini maʻʻlum qildi. Guvohlarning aytishicha, tiqilinchga odamlar ruhoniyga yaqinlashish va hokipoyini olishga intilishi sabab boʻlgan.
-
BAA hukumati oʻgʻirlik va talonchilik holatlari keskin ortgani munosabati bilan oʻz fuqarolarini Evropa davlatlariga safar qilmaslikka chaqirdi. Safarini bekor qilish imkoni boʻlmaganlarga “oʻta hushyor va ehtiyotkor boʻlish” tavsiya qilinib, Ispaniya, Gruziya, Italiya, Buyuk Britaniya, Frantsiya va Avstriya BAA fuqarolari uchun eng xavfli davlatlar ekani taʻʻkidlandi.
-
1 iyuldan BMT Xavfsizlik Kengashiga raislik bir oy muddatga Rossiyaga oʻtdi. Rossiya raisligidagi asosiy tadbirlar oy oʻrtalarida boʻlib oʻtishi kutilmoqda hamda ular yanada adolatli, demokratik va barqaror dunyo tartibini barpo etish, Yaqin Sharqdagi vaziyatni tartibga solish, shuningdek, BMTning KXShT, MDH va ShHT bilan hamkorligiga bagʻishlanadi.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 270 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Qatar poytaxti Doha shahrida BMT shafeligida Afgʻoniston boʻyicha uchrashuvlar boʻlib oʻtmoqda. Unda AQSh boshqa bir qator mamlakatlar bilan birga Afgʻonistonning bank va iqtisodiy faoliyatiga qoʻyilgan cheklovlarni bekor qilishga vaʻʻda berdi. Tolibon ushbu vaʻʻdani olqishladi. “Rossiya, Xitoy, Eron, Pokiston, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, AQSh va Islom hamkorlik tashkilotining pozitsiyasi olqishga loyiq”, - dedi Tolibon vakili Zabihulloh Mujohid.
-
Ukrainada 18 iyunʻ kuni suiqasdga uchragan qozogʻistonlik muxolifatchi jurnalist Aydos Sadikov qariyb ikki hafta jonlantirish boʻlimida yotgach, hayotdan koʻz yumdi. Jurnalist va uning rafiqasi 1 milliondan ortiq obunachiga ega «Baza» YouTube-kanalini boshqargan hamda Qozogʻiston rahbariyatini tanqid qilib kelgan. Ukraina politsiyasi jurnalistga suiqasd uyushtirgan ikki qozogʻistonlik shaxsini aniqladi, ulardan biri taslim boʻlgan, ikkinchisi qidiruvda.