02.07.2024 13:32
659

Bombalanayotgan Gʻazo: 270-kunning asosiy voqealari

Bombalanayotgan Gʻazo: 270-kunning asosiy voqealari

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 270 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Rafah, Xon Yunis, Nuseyrat va Shujaya lagerlariga hujum qildi. Oʻnlab odamlar halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 37,9 ming kishi shahid boʻldi.

▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Jenin, Baytlahm, Tubas va Balat lageriga bostirib kirdi. Oʻnlab falastinliklar hibsga olingan, bir oʻsmir halok boʻlgan.

▪️Bosqinchilar Xon-Yunisda yangi harbiy operatsiya boshlash rejasini eʻʻlon qilganidan 3 soat oʻtib, shahar katta hujumlarga uchradi. 20 dan 40 nafargacha odam halok boʻldi. Ularning aksariyati bolalardir.

▪️Bosqinchilar Xon-Yunisdagi Evropa kasalxonasi shifokorlari va bemorlarini evakuatsiya qilishni buyurgan. Yuzlab yaradorlarni zambilda tashishmoqda, koʻchirish mumkin boʻlmagan bemorlar ham bor.

▪️Al-Qassam jangchilari Nitsarim oʻqida bir toʻda natsistlarni yoʻq qildi. Bosqinchilar ushbu amaliyotni "ogʻir voqea" deb atadi.

▪️Xusiylar Hind okeani, Qizil va Oʻrta er dengizlarida AQSh, Buyuk Britaniya va Isroil bilan bogʻliq boʻlgan toʻrtta kemaga hujum qilishdi.

▪️Oxirgi 24 soat ichida Hizbulloh bosqinchilarga qarshi 7 ta harbiy amaliyot oʻtkazdi.

▪️BMT maxsus maʻʻruzachisi: Harakatsiz qoralash soʻzlari maʻʻnosiz. Darhaqiqat, oʻnlab yillar davomida oddiy soʻzlar Isroilga falastinliklarga nisbatan qonunsizlikni genotsid darajasiga olib chiqishga imkon berdi.

▪️Gʻazo hukumati: 7 oktyabrdan beri Gʻazoda ishgʻolchilar hujumlari tufayli 153 jurnalist halok boʻldi.

Mavzuga aloqador