02.07.2024 12:29

Tolibon AQSh pozitsiyasini olqishladi

Qatar poytaxti Doha shahrida BMT shafeligida Afgʻoniston boʻyicha uchrashuvlar boʻlib oʻtmoqda. Unda AQSh boshqa bir qator mamlakatlar bilan birga Afgʻonistonning bank va iqtisodiy faoliyatiga qoʻyilgan cheklovlarni bekor qilishga vaʻʻda berdi. Tolibon ushbu vaʻʻdani olqishladi. “Rossiya, Xitoy, Eron, Pokiston, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, AQSh va Islom hamkorlik tashkilotining pozitsiyasi olqishga loyiq”, - dedi Tolibon vakili ZAbihulloh Mujohid.

Qatar poytaxti Doha shahrida BMT shafeligida Afgʻoniston boʻyicha boʻlib oʻtayotgan uchrashuvlar doirasida Tolibon Afgʻonistonning bank va iqtisodiy faoliyatiga qoʻyilgan cheklovlarni bekor qilish haqidagi AQSh (va bir qator boshqa mamlakatlar) «vaʻʻdasini» olqishladi.

“Bugungi uchrashuv juda yaxshi oʻtmoqda. Aksariyat davlatlar Afgʻonistonning xususiy sektorini qoʻllab-quvvatlashini bildirgan. Bank va iqtisodiy faoliyatga qoʻyilgan cheklovlarni olib tashlashga vaʻʻda berildi”, - dedi Afgʻoniston hukumati voizi Zabihulloh Mujohid.

“Rossiya, Xitoy, Eron, Pokiston, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, AQSh va Islom hamkorlik tashkilotining pozitsiyasi olqishga loyiq”, - deya qoʻshimcha qildi Mujohid.

Bu BMTning uchinchi shunday yigʻilishi, Tolibonning esa oʻzi ishtirok etayotgan bir qator uchrashuvlarning birinchisidir.

Maʻʻlumot uchun, xalqaro hamjamiyat 2021 yil avgustidan buyon «Tolibon» harakatiga etakchilik qilib kelayotgan Afgʻonistonning amaldagi hukumatini hali rasman tan olgani yoʻq.

Mavzuga aloqador