03.07.2024 08:30

BMT Pokistonni sobiq bosh vazir Imron Xonni zudlik bilan ozod qilishga chaqirdi

 

BMTning Oʻzboshimchalik bilan hibsga olish boʻyicha ishchi guruhi Pokistonni sobiq bosh vazirning oʻzboshimchalik bilan qamoqqa olinishi bilan bogʻliq holatlar boʻyicha toʻliq va mustaqil tergov oʻtkazilishini taʻʻminlashga chaqirdi.

Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xonning hibsga olinishi oʻzboshimchalik va xalqaro qonunlarga ziddir. Bu haqda BMTning oʻzboshimchalik bilan hibsga olish boʻyicha ishchi guruhi xabarida aytiladi.

Hisobotda qayd etilishicha, Pokiston sobiq bosh vazirining oʻzboshimchalik bilan hibsga olingani sababli xalqaro qonunlarga muvofiq zudlik bilan tovon puli toʻlanishi va boshqa choralar koʻrlishi kerak.

Tashkilot Pokistonning sobiq bosh vaziriga qoʻyilgan ayblovlar hech qanday qonuniy asosga ega emasligiga, ayblovlar va taʻʻqiblar “Xonning saylovlarda ishtirok etishiga yoʻl qoʻymaslik uchun siyosiy sabablarga koʻra koʻrinishiga” eʻʻtibor qaratdi.

Oʻzboshimchalik bilan hibsga olish boʻyicha ishchi guruh Pokistonni Xonning oʻzboshimchalik bilan ozodlikdan mahrum etilishi bilan bogʻliq holatlar boʻyicha toʻliq va mustaqil tergov oʻtkazilishini taʻʻminlashga hamda uning huquqlari buzilgani aniqlangan taqidirda aybdorlarga nisbatan zarur choralar koʻrishga chaqirdi.

Sobiq bosh vazir Imron Xon 2023 yil 5 avgust kuni politsiya tomonidan hibsga olingan va sud korruptsiya ishi boʻyicha hibsga olish uchun order berganidan keyin qamoqqa joʻnatilgandi.

29 avgust kuni Pokiston sudi Xonning uch yillik qamoq jazosini bekor qildi va uni garov evaziga ozod qilishga qaror qildi. Biroq 30 avgust kuni Xon "davlat sirlarini oshkor qilish"da ayblanib, yana hibsga olindi.

Mavzuga aloqador