Isroil Gʻazoda bir kunda besh askarini yoʻqotdi
Isroil soʻnggi 24 soat ichida Gʻazo sektorida besh askari halok boʻlganini eʻʻlon qildi va mamlakat hukumati tomonidan oʻlgan deb tan olingan jami harbiylar soni 674 nafarga, 7 oktyabrdan beri yaralangan askarlar soni esa 9000 nafarga yaqinlashdi. Shuningdek, Isroil armiyasidagi nogiron askarlarning umumiy soni oʻtgan oy birinchi marta 70 mingdan oshdi, ularning 35 foizi ruhiy salomatlik muammolari va 21 foizi jismoniy jarohatlar tufayli davolanmoqda. Haqiqiy raqamlar rasmiy statistikadan karrasiga ziyod boʻlishi mumkin.
Soʻnggi 24
soat ichida Isroil Gʻazo sektorida yana besh nafar askarining halok boʻlganini eʻʻlon
qildi va bu bilan Isroil hukumati tomonidan oʻlgan deb tan olingan jami askar
soni 674 nafarga, 7 oktyabrdan beri yaralangan askarlar soni esa 9000 nafarga
yaqinlashdi.
Isroil
armiyasidagi nogiron askarlarning umumiy soni oʻtgan oy birinchi marta 70 mingdan
oshdi, ularning 35 foizi ruhiy salomatlik muammolari va 21 foizi jismoniy
jarohatlar tufayli davolanmoqda. Tegishli maʻʻlumotni Isroilning 7-kanal
ham tasdiqladi.
“Davolash
boʻlimlarida
davolanayotgan 70 mingga yaqin nogiron askarning 9539 nafari jarohatdan (travma) keyingi va
psixiatrik reaktsiyalardan aziyat chekmoqda”, — deyiladi xabarda.
Aprelʻ oyi oʻrtalarida Isroil armiyasi oktyabrʻ oyida boshlangan
bosqinchilik harakatlaridan
buyon 2000 dan ortiq askar, politsiya va xavfsizlik xodimlari ishdan boʻshatilganini
tan oldi, deb xabar qildi Isroil Mehnat vazirligi.
Maʻʻlumot
uchun, 7 oktyabrdan buyon Isroil AQShning bevosita harbiy koʻmagi ostida qariyb 38
ming nafar falastinlikni halok qildi. Yuz minglab tinch aholi vakillari, ularning
aksariyati bolalar va ayollar, jarohatlangan. Qamalgan va bedarak yoʻqolganlarning
son-sanogʻi yoʻq.