02.07.2024 11:10

Ukrainada suiqasdga uchragan qozogʻistonlik muxolifatchi jurnalist halok boʻldi

Ukrainalik shifokorlar 18 iyunʻ kuni suiqasdga uchragan qozogʻistonlik muxolifatchi jurnalist Aydos Sadikovning hayotini saqlab qola olmadi. Uning rafiqasi Natalʻya turmush oʻrtogʻining oʻlimi haqida xabar berdi.

Sadikov qariyb ikki hafta reanimatsiyada yotdi. Sadikova oʻz bayonotida erining oʻlimi “Tokaevning vijdoniga havola” ekanini aytdi.

Ukraina hukumati ikki qozogʻistonlikni – tergovchilarga koʻra, Ukrainaga Polʻshadan kirib kelgan Altay Jakanbaev va Meyram Karataevni Sadikovning oʻlimida ayblamoqda. Jakanbaev voqeadan toʻrt kun oʻtib politsiyaga taslim boʻlgan. 2019 yilgacha Qozogʻiston politsiyasida xizmat qilgan Karataev esa qidiruvga berilgan. Bundan tashqari, Qozogʻiston prezidenti Tokaev tergovga yordam berish uchun uning qaerdaligini aniqlashni buyurdi.

Bir paytlar Kiev Sadikovga qochqin maqomini bergan. U oʻz uyida, Qozogʻistonda u nafrat uygʻotganlikda ayblanib qidiruvga berilgan.

Jurnalist va uning rafiqasi 1 milliondan ortiq obunachiga ega «Baza» YouTube-kanalini boshqargan hamda oʻz chiqishlarida Qozogʻiston rahbariyatini faol tanqid qilgan. Er-xotin 2022 yil yanvardagi namoyishlarni ham qoʻllab-quvvatlagan.

Jurnalistga suiqasd uyushtirilgan 18 iyunʻ kuni u “Qozogʻiston prezidenti Rossiya taʻʻsir agentlarining qoʻgʻirchogʻiga aylandi” sarlavhali videoni eʻʻlon qilgandi.

Mavzuga aloqador