03.07.2024 10:25

Malayziya Gʻazoga qoʻshin yuborishga tayyorligini bildirdi

Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim Indoneziya bilan birgalikda Gʻazoga tinchlikparvar kuchlarni yuborishga tayyorligini bildirdi.  

Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim mamlakati Gʻazoga tinchlikparvar qoʻshinlarini yuborishga tayyorligini aytdi. Siyosatchining taʻʻkidlashicha, bunday vaziyatda Malayziya qoʻshinlari Indoneziya bilan birgalikda harakat qiladi. Ammo buning uchun BMT Xavfsizlik Kengashidan tegishli mandat kerak.

1 iyulʻ kuni Ibrohim Indoneziyaning saylangan prezidenti va mudofaa vaziri Prabovo Subianto bilan telefon orqali muloqoti chogʻida “Malayziya-Indoneziya xalqaro tinchlikparvar missiyasida hamkorlik qilish gʻoyasini olqishlashini” ochiqladi.

“Falastindagi gumanitar vaziyatga kelsak, men (Prabovoni) Malayziya Indoneziya bilan har qanday tinchlikparvar missiyada hamkorlik qilishga tayyorligidan xabardor qildim, agar BMT bizga mandat bersa”, — deb yozdi Ibrohim Facebook ijtimoiy tarmogʻida.

Taʻʻkidlash joizki, ushbu ikki davlatning hech biri Isroilni mustaqil davlat sifatida tan olmagan, u bilan diplomatik yoki iqtisodiy aloqalarga ega emas.

Avvalroq AQSh Gʻazoda Isroil bosqinchiligi tugagandan soʻng hokimiyat moʻʻʻtadil arab davlatlari (Isroil bilan aloqalar oʻrnatgan arab davlatlari Vashingtonda shunday deyiladi) nazoratiga berilishi mumkinligini tan olgan edi. Bunday davlatlar orasida Misr, Iordaniya, BAA, Bahrayn, Marokash va Sudan bor. 

Mavzuga aloqador