02.07.2024 15:43

BAA hukumati fuqarolarni Evropaga sayohat qilmaslikka chaqirdi

BAA hukumati oʻgʻirlik va talonchilik holatlari keskin ortgani munosabati bilan oʻz fuqarolarini Evropa davlatlariga safar qilmaslikka chaqirdi. Safarini bekor qilish imkoni boʻlmaganlar “oʻta hushyor va ehtiyotkor boʻlishga” chaqirilib, Ispaniya, Gruziya, Italiya, Buyuk Britaniya, Frantsiya va Avstriya BAA fuqarolari uchun eng xavfli davlatlar ekani taʻʻkidlandi.

Birlagan Arab Amirliklari hukumati oʻgʻirlik va talonchilik holatlari ortgani sababli oʻz fuqarolarini Evropaga sayohat qilmaslikka chaqirdi, deya xabar bermoqda “Al-Arabiya” nashri.

Tashqi ishlar vazirligi safarini bekor qilishga tayyor boʻlmaganlarni “oʻta hushyor va ehtiyotkor boʻlishga” chaqirib, Ispaniya, Gruziya, Italiya, Buyuk Britaniya, Frantsiya va Avstriya BAA fuqarolari uchun eng xavfli davlatlar ekanini taʻʻkidladi.

Evropaga sayohat qilishni rejalashtirayotgan sayohatchilarga qimmatbaho yoki nodir buyumlarni oʻzlari bilan olib ketmaslik, hujjatlarni mehmonxona xonasida seyfda saqlash, ishonchli xalqaro xizmatlar orqali mehmonxonalarni bronʻ qilish, gid bilan mamlakat boʻylab sayohat qilish va Sayohatchilar uchun maxsus Tashqi ishlar vazirligi ilovasi va favqulodda holatlarda qoʻngʻiroq qilishlari mumkin boʻlgan telefon raqamini saqlash tavsiya qilindi.

Ogohlantirish BAA aholisi yoz jaziramasidan qochib qutulishga umid qilayotgan Evropaga sayohatga boʻlgan talab ortib borayotgan bir paytda amalga oshirildi.

Mavzuga aloqador